Top.Mail.Ru
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi

Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi

12:52 / 04.11.2025 343

Xabaringiz bor,  Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu tarixiy voqea so‘nggi 40 yil ichida ilk bor Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda, YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi.


43-sessiya O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biri bo‘ldi. Unda 190 ta a’zo davlat va xalqaro tashkilotlardan 2 ming 800 dan ortiq vakil, shu jumladan 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar ishtirok etdi.


Sessiya doirasida o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’lim sifati haqida ham so‘z borib, unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida bir qator uchrashuv va tadbirlar ham o‘tkazildi.


Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Xuay Szinpen, Ozarbayjon Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli, shuningdek, O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


Xususan, O‘mon sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida joylashgan Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi. Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari tomonidan muassasaning o‘ziga xos jihatlari hamda erishilayotgan yutuqlari, ta’lim sifatini oshirish borasidagi ilg‘or metodik usullari haqida ma’lumot berildi.





Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda O‘mon sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni o‘rtasida ehtirom ushrashuvi tashkil etildi. 


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bugun Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Xuay Szinpen hamda Ozarbayjon Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli bilan ham uchrashdi. 


YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirlarda o‘zaro hamkorlik aloqalari, ta’lim sifati hamda o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi kelgusidagi istiqbolli rejalar xususida so‘z borgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Maqola muallifi

Umirov Muzaffar

Umirov Muzaffar

Muxbir

Teglar

  • Xalqaro hamkorlik
  • E'zoza Karimova

Ulashish