Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish qat’iy taqiqlanmoqda

Bu haqda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasida keltirilgan.
“Bolaga qanday munosabatda bo‘lsak, unga qanday tarbiya bersak shunday kelajakda yashaymiz. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan juda muhim qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladik. Ikkinchi o‘qishda qonun ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘p takliflarimiz bor”, deb yozdi Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi haqida.
Taklif
qilinayotgan Qonun loyihasiga ko‘ra endilikda bolalarga ham himoya orderi
berish taklif etilmoqda. Order vakolatli organ tomonidan zo‘ravonlikdan
jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa
shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi.
Qonun
loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan bir ovozdan
qabul qilindi. Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat
tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasiga
qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash vazifasi yuklatildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi

“O‘qituvchilik kasbini eng obro‘li kasbga aylantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz izchil davom ettiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Endi har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tiladi
Yangi o‘quv yilidan “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Endi zo‘ravon pedagoglarning ta’lim tizimida ishlashi taqiqlanishi mumkin
Ular bir yil ichida bolaga nisbatan takroran salbiy xatti-harakat qilsa maxsus reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ishga kirishi taqiqlanadi.

Bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
“Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun keng muhokama qilindi.

Ta’lim muassasalarida bolalarga intizomiy jazo sifatida zo‘ravonlik qilish qonunan taqiqlandi
Prezident shu haqdagi qonunni imzoladi
Izohingizni tahrirlang