Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi

11:30 / 10.06.2024
3.43k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 1-sinfga qabul jarayonlari qachondan boshlanishini ma’lum qildi.
Vazirlik bergan xabarga ko‘ra 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida;
- 2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
“Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki Telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin”, - deyiladi vazirlik axborotida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:32 / 16.07.2025
Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi

11:27 / 16.07.2025
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

10:41 / 16.07.2025
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi

12:35 / 11.07.2025
O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
Umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolaning o‘qish jarayonlariga moslashuvi ta’limning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bunda ularning ham jismonan, ham ruhan sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
11:58 / 23.06.2025

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish Mikrohudud doirasida va undan tashqarida amalga oshiriladi
Maktabga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi belgilangan.
17:32 / 03.07.2024
Izohingizni tahrirlang