Top.Mail.Ru
Pedagog kadrlar va o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyati tashkil etiladi

Pedagog kadrlar va o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyati tashkil etiladi

20:00 / 30.06.2024 5.95k

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyatini tashkil etish belgilandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli qarorida
nazarda tutilmoqda.

Qarorga ko‘ra 2024-yil dekabr oyiga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi, dam olish maskanlarining namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlashni nazarda tutish belgilandi.

Bunda respublikadagi 7 ta dam olish maskanlari pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari sifatida qayta tashkil etilmoqda.

Jumladan, qayta tashkil etiladigan oromgohlar ro‘yxatidan Toshkent viloyatidagi “Respublika mehribonlik uyi”, Jizzax viloyatidagi “Lochin”, Qashqadaryo viloyatidagi “Gagarin”, Farg‘ona viloyatidagi “Qo‘qon nafosat”, Samarqand viloyatidagi “Qaldirg‘och”, “Xumor” hamda “Yoshlik” dam olish maskanlari joy olgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Bolalar oromgohi
  • Pedagoglar oromgohi

Ulashish