Hilola Umarovaning sobiq birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin oliygohga rektor bo‘ldi
21:00 / 09.07.2024
2.37k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-98-son farmoni bilan Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilib, Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgandi.
Agentlik direktori Agrippina Vasilevna Shin esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-son farmoniga ko‘ra Toshkent shahridagi Puchon universiteti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgandi. Ya’ni, Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qoldi.
Puchon universitetining sobiq rektori Viktor Veniaminovich Nam esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu lavozimda ishlab kelayotgan Qahramon Tanzilovich Olimov esa lavozimidan ozod qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-son farmoni bilan quyidagi tashkilotlar Maktabgacha ta’lim agentligi tashkiliy tuzilmasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgandi:
- Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali;
- Toshkent shahridagi Puchon universiteti;
- “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- Eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- “Ilk Qadam” (IQ) jurnali tahririyati” DUK;
- Pedagogika kollejlari;
- “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MChJ;
- Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi;
- Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
13:51 / 14.11.2024
O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi
10:33 / 14.11.2024
8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi
22:26 / 13.11.2024
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
10:51 / 12.11.2024
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Tayinlov
Yangiliklar
Yangiliklar
“Zamhokim” Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga boshliq bo‘ldi
Ushbu lavozimga A’zamjon Isoqov tayinlandi
13:22 / 09.11.2024
Respublika ta’lim markaziga o‘rinbosar tayinlandi
Ushbu lavozimga Hamutov Uchqun Irisvayevich tayinlandi
13:00 / 07.11.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
U bugundan vazirlikda o'z ish faoliyatini boshladi
21:03 / 30.10.2024
2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usman Sharifxodjayev ishdan ketti
U boshqa ishga o‘tayotganligi bois lavozimidan ozod qilingan
14:26 / 18.10.2024
Izohingizni tahrirlang