30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Savol
Bir kunda necha soat dars o‘tishim mumkin? Masalan, 30 soat darsni 3 kunga qo‘yib, 3 kun dam olsam bo‘ladimi? Bu noqonuniy bo‘lib qolmaydimi? Bir hamkasbimizga "zavuchimiz" shunaqa imkoniyat qilib beryapti. Chunki maktabimiz ikki smenali.
Javob
O‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. Bir stavka miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 184-moddasiga ko‘ra, haftasiga 36 soat, kuniga 6 soatdan ishlashi kerak bo‘ladi.
E’tibor bering, pedagog xodim dars o‘tish bilan birga unga qo‘shimcha ravishda pedagogik yuklamani ham bajarishi kerak bo‘ladi.
Chunki, "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomada aniq qoidalar belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, pedagog xodimining yillik ish yuklamasi (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorida o‘quv-tarbiya jarayoni hamda o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon qismlardan iborat bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
Misol uchun, bir stavka ishlovchi yuqori sinf o‘qituvchisi yiliga 868 soat dars o‘tadi, 680 soat pedagogik yuklamasida belgilab berilgan vazifalarni bajaradi. (20*0,8=16+20=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat)
Tabiiyki, bunda 30 soat dars o‘tadigan o‘qituvchining pedagogik yuklamasi yanada ko‘proqni tashkil etadi. Hisob-kitoblar bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, bir stavkada ishlovchi o‘qituvchiga kuniga 3 soatdan dars qo‘yilgan taqdirda, u pedagogik yuklamasi bilan birga yana 3 soatga yaqin ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ya’ni, bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos. 1.5 stavkada ishlaydigan xodimga esa 3 kunni bo‘shatib berishning esa umuman imkoni yo‘q.
30 soat dars olgan o‘qituvchi o‘zi shundoq ham pedagogik yuklamasi bilan birga qo‘shib hisoblaganda haftasiga 6 kun ishlaganda bir kunda 9 soatdan ishlashiga to‘g‘ri kelib qoladi. (30*0,8=24+30=54; 54:6=9)
Agar 30 dars 3 kunga qo‘yib beriladigan bo‘lsa, o‘qituvchi 18 soat ishlashiga to‘g‘ri keladi. (54:3=18) Bu esa qonunan to‘g‘ri kelmaydi.
Agar qaysidir ta’lim muassasasida 30 soat dars 3 kunga qo‘yib berilayotgan bo‘lsa, unda qonun buzilishi ro‘y bergan. Agar bu holat tegishli davlat idoralari tomonidan aniqlansa, maktab ma’muriyatiga nisbatan javobgarlik belgilanadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Attestatsiyadan o‘tolmagan rahbar xodimga dars berish to‘g‘rimi?
Rahbar xodimlarning malaka toifasi dars soatlarini taqsimlashda rol o‘ynamaydi
Qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi mutaxassis o‘qituvchidan ko‘proq dars olishi mumkinmi?
Dars soatlarini taqsimlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichlar belgilangan
O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?
Bu mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi
Izohingizni tahrirlang