Top.Mail.Ru
2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usman Sharifxodjayev ishdan ketti

2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usman Sharifxodjayev ishdan ketti

14:26 / 18.10.2024 981

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sharifxodjayev Usman Ulfatovich boshqa ishga o‘tayotganligi bois lavozimidan ozod qilindi.


Bu haqda xalqtaliminfo.uz manbasi xabar berdi. Tahririyat sorovidan song Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati bu ma’lumotni tasdiqladi.

Ma
lum boʻlishicha, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.


Ma’lumot uchun, Usman Sharifxodjayev 1986-yil 9-iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2011-yilda Xalqaro Vestministr universitetini tamomlagan.


Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi yoshlar, fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘linmasi ta’lim shu’basi mudiri lavozimlarida ishlagan.


2020-yildan - Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlangandi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra, Mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Usmon Sharifxodjayev “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangandi.





Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Lavozimdan ozod etish
  • Vazir o'rinbosari

Ulashish