Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Xabaringiz bor, pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktyabriga qadar uzaytirilgandi.
Ammo ayrim sabablarga ko‘ra kechroq ariza topshirgan pedagoglarning hujjatlarini tahrirlash imkoniyati mavjud emasdi. Chunki hujjatlarni qabul qilish 1-oktyabrdayoq to‘xtatilgandi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rahimboyev bilan bog‘langandi.
O‘shanda Sardor Rahimboyev to‘lovlarni amalga oshirgan, ammo hujjatlarni tahrirlashga ulgurmagan pedagoglarga qo‘shimcha muddat belgilash bo‘yicha taklif kiritilgani haqida ma’lum qilgandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Sardor Rahimboyevning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborishga oxirgi marotaba ruxsat beriladi.
“Arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati bugun ochib qo‘yiladi. Ayni vaqtda rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborishga ruxsat berilishi kutilmoqda”, - deya ta’kidladi Sardor Rahimboyev.
Bu pedagoglar uchun oxirgi imkoniyat bo‘lib, shu sababli pedagoglar o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga befarq bo‘lmasligi lozim. Chunki, yana xato ma’lumotlar kiritilsa, tahrirlash uchun boshqa imkoniyat berilmaydi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
Mavzuga doir yangiliklar
Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmayotgan o‘qituvchilar nima qilishi kerak?
Muammoni hal etish uchun ishchi gurih tuzilgan
Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirsa bo‘ladimi?
Test bo‘ladigan kunga to‘y marosimi to‘g‘ri kelib qoldi
Malaka toifasi uchun to'lov qilgan ayrim o'qituvchilar pullariga “kuyib” qolyapti...mi?
Xalqtaliminfo.uz tahririyati holatni batafsil o'rgandi
Poskast
Attestatsiya nimaga kerak?
Izohingizni tahrirlang