“Zamhokim” Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga boshliq bo‘ldi
Ushbu lavozimga A’zamjon Isoqov tayinlandi. U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi. A’zamjon Isoqov dastlabki ish faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan.
Tayinlov Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning 2024-yil 7-noyabrdagi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
A’zamjon Isoqov 1983-yili Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005-yili Namangan muhandislik-pedagogika institutining “Kasb ta’limi, informatika va axborot texnologiyasi” yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda Namangan viloyati, Namangan tumani Irvadon iqtisodiyot kollejining informatika fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
Hozirga qadar, Yangi Namangan tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Respublika ta’lim markaziga o‘rinbosar tayinlandi
Ushbu lavozimga Hamutov Uchqun Irisvayevich tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
U bugundan vazirlikda o'z ish faoliyatini boshladi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Ushbu lavozimga Burxonxo‘jayeva Xushnamo Madaminovna tayinlandi.
Hilola Umarovaning sobiq birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin oliygohga rektor bo‘ldi
Bundan avval Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilgandi.
Izohingizni tahrirlang