A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Rajabov Sherzod Umurzoqovich — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Rajabov — Toshkent moliya institutida bakalavr va magistraturani tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Toshkent moliya institutida o‘qituvchi, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektor maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markaziga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
Tayinlov
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang