Top.Mail.Ru
O‘qituvchilar attestatsiya test savollaridan norozimi?

The website texts are translated by Google, errors possible!

O‘qituvchilar attestatsiya test savollaridan norozimi?

12:30 / 18.04.2025 8.22k

Ijtimoiy tarmoqlarda geografiya hamda rus tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyada tushgan test savollaridan norozi ekanligi aks etgan xabarlar soni ortib bormoqda.


Shundan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Vazir o‘rinbosari bergan bayonotida test topshiruvchilar o‘zining balidan qoniqmagan bo‘lsa yoki berilgan savol spetsifikatsiyadan tashqari deb hisoblanayotgan bo‘lsa, shuningdek u yerda xatolik bor deb hisoblasa, appelyatsiya berishi lozimligini eslatgan.


“Joriy yil 15-apreldan boshlab pedagoglarimizga malaka toifasini berish uchun test sinovlari boshlandi. Ushbu test sinovlarida jami ishtirok etish uchun 190 mingdan ziyod pedagoglarimizdan arizalar kelib tushgan va ushbu testlarimiz 15-mayga qadar davom etishi belgilangan.

O‘tgan kunlar davomida, birinchi kuni geografiya fani bo‘yicha pedagoglar, kecha rus tili o‘qituvchilari uchun testlar bo‘ldi. Bugundan boshlab psixologlarimiz birinchi marta toifa testlarida ishtirok etishmoqda. 

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda geografiya fani o‘qituvchilari hamda rus tili fani o‘qituvchilari tomonidan savollar bo‘yicha bir qator e’tirozlar e’lon qilinmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimizki, nizom talablariga muvofiq, agar test topshiruvchi o‘zining balidan qoniqmagan bo‘lsa yoki berilgan savol spetsifikatsiyadan tashqari hisoblanayotgan bo‘lsa yoki u yerda xatolik bor deb hisoblasa, albatta e’tiroz bildirishi, ya’ni uni yozma taqdim etishi yoki appelyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.

Appelyatsiya komissiyasi buni ko‘rib chiqib, har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqadi va u bo‘yicha sizga rasmiy ma’lumot beramiz.”, deyiladi vazir o‘rinbosari bergan bayonotda.

Bevosita shu pedagoglar attestatsiyasiga mas’ul bo‘lgan va jarayonni muntazam ravishda nazorat qilib borayotgan vazirlikning Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev esa attestatsiyada tushayotgan, ayniqsa ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan testlarni tahlil qilib berdi.


Geografiya fanidan eng ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘layotgan savol quyidagicha tahlil qilindi

Savol shundan iborat: Kaspiy dengizining sharqiy qismlarida tarkib topgan tabiat zonasi xaritada berilgan raqamlardan qaysi biriga mos keladi va u yerda qanday tuproqlar tarqalgan?

Ko‘pchilik savolni o‘qib, Kaspiy dengizi so‘zini o‘qigandan keyinoq, bu yerda Janubiy Amerikaning xaritasida berilganini ko‘rib, savolda xato bor degan ma’noda appelyatsiya tugmasini bosganligini statistika ko‘rsatib turibdi. Yoki bu savol noto‘g‘ri berilgan deb o‘ylab, to‘g‘ri javob berishga ham harakat qilishmagan, degan xulosaga kelishi mumkin bo‘lyapti.

Aslida bu yerda nima deyilgan? Ya’ni, Kaspiy dengizining sharqiy qismlarida tarkib topgan tabiat zonasida - bu xaritadagi raqam ostidagi hududlarning qaysi biriga mos keladi?


Savolga e’tibor bersak, u yerda qanday tuproqlar tarqalgan? Demak, biz savolning javobini bilish uchun Kaspiy dengizining sharqiy qismidagi hududlarda qanday tuproqlar tarqalganini bilishimiz va ana shunday tuproqlar Janubiy Amerikaning qaysi hududida tarqalganini bilishimiz kerak bo‘ladi.

Bu savolning javobini 2022-yilda nashr qilingan 7-sinf geografiya darsligidan topishimiz mumkin. U yerda Yevrosiyo materigi, tabiat zonalari va Janubiy Amerika tabiiy zonalari mavzularida bu savolning javobi asoslangan.


Kaspiy dengizining sharqiy hududlari, ya’ni sharqiy qismi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tomoni bo‘ladi. Cho‘l va chalacho‘l zonalari joylashgan, bu narsa barchamizga ma’lum. Yevrosiyo tabiiy zonalar xaritasiga ko‘ra, Kaspiy dengizining sharqiy qismida asosan chalacho‘l va cho‘l tabiat zonalari mavjud.

Bu zonalarda bo‘z tuproqlar va qo‘ng‘ir cho‘l tuproqlari tarqalgan. Endi Janubiy Amerikaga keladigan bo‘lsak, savolga berilgan xaritaning tahlilini qilib o‘tamiz. Bu xaritada tabiiy geografik o‘lkalar xaritasi, ko‘rib turganingizdek, bunda chalacho‘l va cho‘l zonalari, 5-raqam ostidagi va 6-raqam ostidagi tabiiy o‘lkalar mana shu hududlarga to‘g‘ri keladi.


5-raqam bilan ko‘rsatilgan hudud asosan Argentinaning ichki qismi bo‘lib, bu yerda yarim qurg‘oqchil sharoit hukm suradi, ya’ni chalacho‘lga yaqin bo‘lib, bu hududda bo‘z va qo‘ng‘ir tuproqlar uchraydi. Aynan shu faktni yuqorida aytilgan 7-sinf geografiya kitobida ko‘rish mumkin. 6-raqam ostida Patagoniya tabiiy geografik o‘lkasiga to‘g‘ri keladi.

Ammo javobga ko‘ra, bu yerda kashtan va qora tuproqlar tarqalganligi berilgan. Shuning uchun bu tuproqlar chalacho‘l va cho‘l zonasi uchun xos emasligi uchun bu yerda javob A, ya’ni beshinchi zona, bo‘z tuproqlar va qo‘ng‘ir chalacho‘l tuproqlari degan javob to‘g‘ri bo‘ladi.


Geografiya fanidan tushgan yana bir savol tahlili

Matnni o‘qing: “Mamlakatning Atlantika okeaniga yaqin qismida mo‘tadil dengiz iqlimi, sharqiy hududlarda mo‘tadil kontinental, janubida esa O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim shakllangan. Yozi issiq, qishi esa iliq va yomg‘irli. Yog‘inlar eng ko‘p yog‘adigan payt yanvardan aprelgacha kuzatiladi.” Ta’rifi keltirilgan mamlakatga tegishli bo‘lgan orolni toping.

A) Reyunon

B) Sitsiliya

C) Norfolk

D) Folklend

Izoh: Savolda keltirilgan tarif 9-sinf (2019-y.) darsligida aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, Fransiya Respublikasiga tegishli. Savolda tarifi berilgan mamlakatga tegishli orolni, ya’ni Fransiyaga tegishli orolni topish kerak edi. Reyunon oroli Fransiyaga tegishli eng mashhur orollardan biri hisoblanadi. (Bilamizki, Sitsiliya - Italiyaga, Norfolk - Avstraliyaga, Folklend - Buyuk Britaniyaga tegishli.)


Vazirlikning yana bir boshqa eksperti Rus tili (milliy maktablarda) fanidan tushgan savolni tahlil qilib berdi


Данный тест представляет собой задание базового уровня сложности. Оно нацелено на то, чтобы выявить, насколько аттестируемый владеет знаниями по разделу «Лексика», изучаемого в соответствии с действующей учебной программой в 10 классе школ с узбекским и другими языками обучения (Русский язык как иностранный.

10 класс: учебник для школ среднего общего образования с узбекским и другими языками обучения / М. Н. Коношонок, Ю. Ю. Мусурманова, М. К. Суванов, М. М. Хакимова; под науч. ред. Е. А. Хамраевой. — Ташкент: Республиканский центр образования, 2022, стр. 10-13).


Задание представлено в форме Y-3, то есть в виде таблицы на соответствие. От педагога требуется вычленить из предлагаемого текста «Дружба» и указать номера предложений, в которых использованы синоним, пароним, антоним указанных слов, а также слово, соответствующее данному толкованию.


Ekspertlardan bunday savollarga javob berishda nimalarga e’tibor berish kerakligini so‘raldi:


Алгоритм решения данного тестового задания:


1. Прочитайте текст.


2. Сфокусируйте внимание на варианты ответов, данные в правом столбце таблицы. На другие предложения не отвлекайтесь!


3. Найдите синоним (слова, совпадающие или близкие по значению) слова «общество» из предложений №1, №2, №3, №6, №7. (Это слово «окружении» из предложения под №2). Обратите внимание: в других указанных предложениях синонима слова «общество» НЕТ!


4.  Найдите антоним (слово, противоположное по значению другому слову)  слова «верно» из предложений №1, №2, №3, №6, №7. (Это слово «ошибочно» из предложения под №7). Обратите внимание: в других указанных предложениях антонима слова «верно» НЕТ!


5. Найдите пароним (однокоренные слова, близкие по звучанию, но различающиеся по написанию и не совпадающие по значению) слова «особенный».    (Это слово «особого» из предложения под №3).


Обратите внимание: в других указанных предложениях паронима слова «особенный» НЕТ!


6. Найдите слово с лексическим значением «период, ступень в развитии, росте человека, животного, растения». (Это слово «возрастом» из предложения под №6). Обратите внимание: в других указанных предложениях слова с лексическим значением «период, ступень в развитии, росте человека, животного, растения» НЕТ!


7. Предложение под №1 – лишний, неверный ответ.


O‘qituvchilar o‘zlari qanday fikrda?


Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biri — bu pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan test sinovlaridir. Xususan, xalqtaliminfo.uz saytiga kelayotgan murojaat va fikrlardan ko‘rinib turibdiki, test sinovlarida ishtirok etgan juda ko‘pchilik o‘qituvchilar yuqori natija ko‘rsata olmagan. Bu esa ko‘pchilikni tashvishga solmoqda.


Ko‘plab pedagoglar bu holatni test savollarining murakkabligi, ayrim hollarda esa mavzuga aloqador emasligi bilan izohlamoqda. Ularning fikricha, savollar nazariy jihatdan ortiqcha murakkablashtirib yuborilgan.


Xo‘sh, siz qanday savollarga duch keldingiz? Savollar sizning fan yo‘nalishingizga mos keldimi? Umuman, test jarayoni siz kutgandek bo‘ldimi?


Sizning fikringiz biz uchun muhim! Marhamat, saytimizda ro‘yxatdan o‘ting va izohlarda o‘z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Bu nafaqat muammolarni aniqlashga, balki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bo‘lib o‘tadigan kelgusidagi muzokaralarimiz uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.

Comments 75

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Attestation

Share