Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalgani, o‘qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so‘ng g‘ayrioddiy tarzda pasaytirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, ayni damda o‘tkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari “Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi — saralash bosqichi sifatida ham belgilangan.
Birinchi va oliy toifali pedagoglarning malaka (test) sinov natijalari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda, ular umumta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil o‘qituvchisi” tanloviga nomzodlar safiga qo‘shiladi.
Vazirlik holatni quyidagicha izohladi
Test sinovlari jarayonida pedagoglar platformada test topshiriqlarini boshlashdan avval, kompyuter ekranida maxsus eslatma va xabarnoma paydo bo‘ladi. Unda sinov natijalarining “Yil o‘qituvchisi” tanlovining saralash bosqichi sifatida hisoblanishi haqida ma’lumot berilgan.
Pedagoglar ushbu xabarnoma bilan tanishganlaridan so‘ng, sinov topshiriqlarini bajarishni boshlaydilar. Test yakunlangach, platforma avtomatik tarzda ikki turdagi natijani taqdim etadi:
- Malaka toifasi attestatsiyasi natijalari — odatdagi baholash tizimi bo‘yicha;
- “Yil o‘qituvchisi” tanlovi bo‘yicha natijalar — to‘g‘ri javoblar soniga nisbatan tanlov shkalasi asosida hisoblangan ball ko‘rinishida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan pedagogning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifasidan olingan rasmda quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi bo‘yicha test natijalari hisoblanishiga doir izoh
Attestatsiya va “Yil o‘qituvchisi” tanlovi doirasida o‘tkazilgan test sinovlarining dastlabki natijalari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Test topshiriqlarining birinchi bloki 40 ta savoldan iborat bo‘lib, shundan 35 tasi mutaxassislik (asosiy) faniga, 5 tasi kasbiy standartga oid savollardir. Bu savollar test variantlari avtomatik generatsiya qilinish jarayonida aralashtirilgan holda joylashtirilgan.
Natijalarni hisoblashda 1–35-gacha bo‘lgan savollarga berilgan to‘g‘ri javoblar 3.1 ballga, 36–40-gacha bo‘lgan savollarga berilgan to‘g‘ri javoblar esa 1.1 ballga ko‘paytirilishi kerak edi.
Ammo variantlarda 1–40 raqamlar oralig‘ida mutaxassislik va kasbiy standartga oid savollar aralashib tushgani kuzatilgan.
Natijada ba’zi hollarda kasbiy standart savollari uchun 3.1 ball, mutaxassislik fanlari uchun esa 1.1 ball bilan hisoblangan.
Keyingi bosqichda tizimda ushbu texnik xatolik bartaraf etilgan pedagogning natijalariga bloklar kesimida (mutaxassislik va kasbiy standart alohida) qayta aniqlik kiritildi. Natijalar standart koeffitsiyentlar asosida qayta joylashtirilib chiqildi.
Shu bilan birga, bu tuzatishlar attestatsiya natijalariga va to‘g‘ri javoblar soniga ta’sir ko‘rsatmaganligini alohida ta’kidlaymiz.
2-bosqich Pedagogik mahorat bo‘yicha (10 ta test topshirig‘i) har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 ball berilgan. Pedagogik mahoratdan tushgan 10 ta savolda barcha ballar to‘g‘ri joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, pedagoglarga tushgan savollar soni — mutaxassislik fanidan 35 ta va kasbiy standartdan 5 ta — hech qanday o‘zgarishga uchramagan.
Comments 10
Please register to comment!
News
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydi
A case of illegal religious education has been identified in Samarkand.
Minister Ezoza Karimova made a presentation to the President for the first time
Are schools in Surkhandarya returning to paperwork again?
News on the topic
Вы спрашивали
Can private school teachers also participate in the "Teacher of the Year" competition?
It is determined that the competition will be held only among pedagogical workers working in general secondary education organizations of the Ministry of Preschool and School Education system.
News
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Olmaotadagi 95-sonli maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Tatyana Beloussova nufuzli Global Teacher Prize 2026 xalqaro tanlovining finalchisi deb topildi.
Вы спрашивали
"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi?
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi aniq belgilangan tartib asosida uch bosqichda tashkil etiladi.
News
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.
English
Edit your comment