Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili o‘qituvchilari uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgandi. Ammo, imtihonda qatnashgan pedagoglarning katta qismi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgandi.
Hatto, attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglar Telegramda alohida guruh ham tashkil qildi. Mazkur guruh juda qisqa vaqtda 19 ming nafardan ortiq ingliz tili o‘qituvchilarini o‘zida jamlagandi.
Keyinroq imtihonda qatnashgan pedagoglarning katta qismi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga, keyinroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga ham murojaat qilgandi.
O‘qituvchilar vazirlikni sudga bermoqchi bo‘ldi
Ingliz tili o‘qituvchilarining murojaatlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi e’tibor qaratmagach, ingliz tili o‘qituvchilari ham vazirlikni sudga berishga qaror qildi.
Shundan so‘ng, advokatlik xizmati va boshqa xarajatlar uchun o‘qituvchilar ko‘ngilli ravishda o‘zaro kelishib, pul yig‘a boshladi. Bu orqali jami 35 million 180 ming so‘m mablag‘lar yig‘ishga erishilgan. (Bu orada bir o‘qituvchi 14 mln so‘m, yana bir sobiq pedagog esa o‘z cho‘ntagidan 3 mln so‘m sud xarajatlari uchun mablag‘ ajratdi.)
Norozilik ko‘lami keng tus olayotganini sezgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga ingliz tili fani o‘qituvchilarni yuzma-yuz muhokama uchun taklif qildi.
Shundan so‘ng, ingliz tili o‘qituvchilari nomidan vakil Hasanboy Rasulov, ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert Komil Jalilov, Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi direktori o‘rinbosari Sardor Raximboyev, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda bir qancha xorijiy ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda vakillarga ingliz tili o‘qituvchilariga attestatsiyada tushgan test topshiriqlari bazasini tahlil qilish imkonini berilib, ular barcha testlarni shaxsan o‘zlari birma-bir tahlil qilib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiyasi atrofida yuzaga kelgan noroziliklar asosan test topshiriqlari mazmuni, ularning murakkabligi va baholash mezonlariga oid bo‘lgan. Ammo, unda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmagan, ayrim bahsli savollar esa ingliz tili o‘qituvchilari vakillariga izohi bilan to‘liq tushuntirib berilgan.
Shuningdek, tahlil jarayonida noto‘g‘ri tuzilgan test savollari aniqlangan bo‘lsa va buni Markaz vakillari tan oladigan bo‘lsa, ushbu savollar uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha ball qo‘shib berish masalasi ham ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan.
Vazirlik hamda o‘qituvchilar o‘zaro kelishib olganligi uchun ular vazirlikni sudga bermaslikka, advokatlik xizmati va boshqa xarajatlar uchun yig‘ilgan mablag‘larni xayriya qilib yuborishga qaror qilgan.
“Ingliz tili o‘qituvchilari birgalashib, tegishli tashkilotlarni sudga berish uchun advokat xizmatiga summa jamg‘arishga ham ulgurishgan edi. Keyinchalik ingliz tili o‘qituvchilaridan vakil bo‘lib, ustoz Komil Jalilov bilan birgalikda tegishli mas’ullar bilan bir stol atrofida barcha ingliz tili o‘qituvchilarining noroziliklarini yetkazishga harakat qildik, mas’ullardan bir qancha o‘zgarishlar bo‘lish va’dasini olib, sudga berishga ehtiyoj qolmadi deb hisoblangan edi.
Advokat xizmati uchun yig‘ilgan summa ega-egalariga qaytarib berildi va qaytarib olishni istamagan ustozlarning umumiy mablag‘lari xayriya uchun yo‘naltirilishi kelishib olindi. Bugunga qadar jami 35 million 180 ming so‘m mablag‘lar yig‘ildi.
Ushbu mablag‘larning asosiy qismi (30 ta odamga) jurnalist Abror Zohidov bilan hamkorlikda muolaja olayotgan va muhtojligi bor bolalarga o‘tkazib berildi. 5 ta holatda esa bevosita murojaat qilgan ingliz tili ustozlarga yordam ko‘rsatildi.
Shunday qilib, attestatsiyadan norozi bo‘lib boshlangan harakat, yakunda yaxshilik bilan yakun topdi. Bahorgi attestatsiyalarda ijobiy o‘zgarishlar kutib qolamiz”, - deydi o‘qituvchilar vakili Hasanboy Rasulov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ona tili va adbiyot fani o‘qituvchilari ham attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergandi. Ammo, ikki sud ishida ham sud vazirlik foydasiga qaror chiqargandi.
Comments 6
Please register to comment!
News
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
News on the topic
Вы спрашивали
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?
MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Attestation
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Do you know?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
Do you know?
Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi
Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
English
Edit your comment