Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika tashxis markazi direktori Liliya Gaynutdinova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishoni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida topshirilgan.
Liliya Gaynutdinova bir necha yillar mobaynida o‘qituvchi, maktab direktori, tuman tashxiz markazi rahbari, shuningdek, psixologik xizmat bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Liliya Gaynutdinova ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarning ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirgan.
Hozirgi kunga qadar pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli xil loyihalarni amalga oshirgan.
Comments 2
Please register to comment!
News
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
News on the topic
News
Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
News
Another benefit promised to teachers has come into force.
Cabinet of Ministers Resolution No. 88 "On Measures for Financial Support of Youth and Educational Workers Studying Abroad" has been signed.
News
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
News
President honored 96 education workers on the occasion of Teachers and Mentors Day
The relevant presidential decree was signed on this matter
English
Edit your comment