Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinov natijalarini e’lon qildi. Joriy yilning fevral oyida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinov bosqichi bo‘lib o‘tgandi.
Unda tanlovning dastlabki bosqich natijalari bo‘yicha saralab olingan 624 nafar talabgor pedagoglar o‘zaro bellashgan.
Mazkur bosqichda nomzodlarning o‘z fani bo‘yicha dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hay’ati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan (ovoz berish yo‘li orqali) 40 ballik tizim asosida baholangan.
Tanlovning ikkinchi bosqich natijalari bugun pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
Ammo, bir guruh pedagoglarning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar apellyatsiya shikoyati yuborolmagan. Tanlov natijalari e’lon qilingan bo‘lsa-da, pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati berilmagan.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda baholash natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar tanlovning har bir bosqichi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki maxsus platforma orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishi mumkinligi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 04-fevraldagi 43-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, apellyatsiya komissiyasi faqat Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan baholarga nisbatan kiritilgan e’tirozlarni ko‘rib chiqadi.
Lekin hozirgi kunda pedagog.uzedu.uz platformasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi bo‘yicha apellyatsiya yuborish xizmati yo‘lga qo‘yilmagan.
Aslida, o‘qituvchilar pedagog.uzedu.uz platformasidagi o‘z shaxsiy kabinetlari orqali onlayn shaklda apellyatsiya yuborishlari mumkin bo‘lib, apellyatsiya yuborish uchun ular “apellyatsiyalarim” bo‘limiga kirib, “apellyatsiya yuborish” tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
Ammo, ayni vaqtda “apellyatsiyalarim” bo‘limida “apellyatsiya yuborish” tugmasi mavjud emas. Murojaatlar bo‘limida esa faqatgina malaka toifasi sinovlari bo‘yicha murojaat yuborish xizmati mavjud. (Aslida, apellyatsiyalar bu bo‘limdan yuborilmaydi.)
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat bo‘yicha to‘liq tushuntirish berishi, tizimda texnik xatolik kuzatilgan taqdirda har bir kechiktirilgan vaqt uchun pedagoglar uchun apellyatsiya berish muddatini uzaytirishi zarur.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi bu yil ilk bor o‘tkazilayotganligini uchun apellyatsiya yuborish tizimini tushunmagan bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli, vazirlik bularni inobatga olgan holda tanlov yuzasidan apellyatsiya yuborish tartibi haqida o‘qituvchilarga video va boshqa turdagi qo‘llanmalar taqdim etishi lozim, deb hisoblaymiz.
Eslatib o‘tamiz, belgilangan tartibga ko‘ra, har bir tuman (shahar) bo‘yicha 2 nafardan, jami 416 nafar pedagog tanlovning uchinchi bosqichiga tavsiya etilgan. Apellyatsiya natijalaridan kelib chiqib, ishtirokchilar sonida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Comments 2
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
News
“Yil o‘qituvchisi”mi yoki kitobxonlik tanlovi?
Bir yil davomida “Yil o‘qituvchisi” tanloviga tayyorgarlik ko‘rgan, mutaxassislik fani va pedagogik mahorati bo‘yicha sinovlardan o‘tgan o‘qituvchilarning avvalgi bosqichlarda to‘plagan natijalari yakuniy natijani aniqlashda hisobga olinmadi.
Вы спрашивали
Can private school teachers also participate in the "Teacher of the Year" competition?
It is determined that the competition will be held only among pedagogical workers working in general secondary education organizations of the Ministry of Preschool and School Education system.
News
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Olmaotadagi 95-sonli maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Tatyana Beloussova nufuzli Global Teacher Prize 2026 xalqaro tanlovining finalchisi deb topildi.
Вы спрашивали
"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi?
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi aniq belgilangan tartib asosida uch bosqichda tashkil etiladi.
English
Edit your comment