Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish va talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasida nazarda tutilmoqda.
Nizomga ko‘ra malaka talabida bitiruvchilarga maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va qo‘shimcha ta’lim tizimida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish kvalifikatsiyasi berilgan oliy ta’lim yo‘nalishi talabalari tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi.
Tashqi diagnostika Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi. Talabalarning bilimlari pedagogika ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim dasturlari mazmuniga muvofiq tuzilgan test topshiriqlari orqali baholanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori rahbarligida malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.
Ishchi guruh esa pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish jarayonini muvofiqlashtiradi, tahlil natijalariga muvofiq har bir pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlab, tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Talabalarning bilimlarini tahlil qilish har yili o‘quv yilining bahorgi semestrida o‘tkaziladi. Bunda vazirlik:
- har yili sentabr oyida tegishli o‘quv yilida pedagog kadrlar tayyorlash sifati tahlil qilinadigan pedagogika ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qiladi;
- har yili oktabr oyida pedagog kadrlar tayyorlash sifati tahlil qilinadigan pedagogika ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini oliy ta’lim tashkilotlariga rasman jo‘natadi;
- har yili dekabr oyida tegishli o‘quv yilida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilishning aniq muddatlarini oliy ta’lim tashkilotlari va ta’lim yo‘nalishlari kesimida tasdiqlaydi va oliy ta’lim tashkilotlarini xabardor qiladi.
Tashqi diagnostikada talabaning fan va uni o‘qitish metodikasi bo‘yicha kompetensiyasi, pedagogik va psixologik kompetensiyasi, sinfni boshqarish kompetensiyasi hamda baholash kompetensiyalari sinovdan o‘tkaziladi.
Bunda test sinovlarida 50 ta test savollariga jami 100 ball beriladi, tashqi diagnostika natijalari talabaning reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tashqi diagnostika natijalari Vazirlik tomonidan pedagogika ta’lim yo‘nalishining pedagog kadrlar tayyorlash sifati “belgilangan talablarga javob beradigan” yoki “belgilangan talablarga javob bermaydigan” deb topilishiga asos bo‘ladi.
Tashqi diagnostika natijasi 56 ball va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “belgilangan talablarga javob beradigan” deb, 55 ball va undan past ko‘rsatkichni tashkil etgan pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “belgilangan talablarga javob bermaydigan” deb topiladi.
Comments 0
Please register to comment!
News
MMTVning sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
News on the topic
Education policy
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
News
The date of the practical exam for physical education teachers has been determined
The schedule for conducting qualification tests in the form of a practical exam, as well as the composition of regional working groups and evaluation commissions, have been approved.
News
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Attestation
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
English
Edit your comment