O‘zbekistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. E’zoza Karimovaning aytishicha, ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda 26-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng vazir E’zoza Karimova Gazeta.uz nashri muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tgan.
Jurnalist dunyoning ko‘plab davlatlarida, xususan, qo‘shni Qozog‘istonda ham voyaga yetmaganlarning telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha tashabbuslar boshlanganini eslatib, O‘zbekistonda ham shunday qadam tashlanishi mumkinmi, deb so‘ragan.
E’zoza Karimovaning ta’kidlashicha, mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan o‘zaro muhokamalar o‘tkazilgan hamda qonun loyihasini ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
“Biz ham hozir ushbu masalani o‘ylayapmiz. Bu bo‘yicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”, - degan vazir.
U bolalarni telefondan to‘liq voz kechtirishning imkoni yo‘qligi, ammo undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini qayd etdi.
“Hozir texnika asri, bolalarimizdan telefonlarni yulib ololmaymiz. Albatta, telefon kerak. Ammo undan foydalanish madaniyati va me’yori ham bo‘lishi zarur. O‘quvchining maktabga kirishdan oldin telefonini qoldirishga oid buyruq chiqqan va odob-axloq qoidalari ham mavjud. Lekin bu qoidalar qayerdadir ishlaydi, qayerdadir esa ishlamaydi. Buni endilikda qattiq nazoratga olib, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarimizni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan cheklamoqchimiz”, - deydi E’zoza Karimova.
Eslatib o‘tamiz, dunyo hamjamiyati bolalar va o‘smirlarning smartfon hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha keskin choralar ko‘rayotgan bir paytda, O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish hanuzgacha 2012-yilda qabul qilingan nizom bilan tartibga solib kelinmoqda.
Comments 3
Please register to comment!
News
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
News on the topic
News
Kazakhstan also wants to ban social networks for children
The Ministry of Culture and Information of Kazakhstan has developed a draft law prohibiting children and adolescents under the age of 16 from accessing social networks.
News
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Article
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Foreign education
Children are completely banned from using social networks - Australia
Australia was the first country in the world to officially prohibit children under 16 from using social networks.
English
Edit your comment