ERP bazasiga kiritilmagan pedagog “qizil” maktabga ishga kira olmaydimi?
Savol
Men “qizil” maktabga ishga kirish uchun -sonli maktabga ariza topshirib, saralash bosqichidan o‘tdim. Hozirgi kunda * tumani -maktabda ishlayman. -maktabga ERP’ga kiritishda mening pasportim va OneiD ma’lumotlarim yangilagani uchun “zavuch” men ishga kirmoqchi bo‘lgan “qizil” maktab ERP bazasiga ma’lumotlarimni kiritolmay qoldi.
Endi ma’lumotlarimni yangilagan paytim baza yopilib qoldi. Endi ma’lumotlarni kiritib bo‘lmaydi, deyishdi. Nima qilishni bilmayapman. Shuncha bosqichdan o‘tib, ERP’ga ma’lumotlarim kiritilmay qolaveradimi?
Javob
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq boshqa hududdagi ta’lim sifati past maktablarga borib ishlashni xohlovchi pedagoglar pedagog.uzedu.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tib, ariza shaklini to‘ldirishi kerak kerak bo‘ladi.
Bunda o‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan vakant soatlar bo‘yicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumta’lim maktabi direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qiladi.
Ma’lumotlari ERP dasturiga kiritilmay qolgan pedagoglar taqdiri nima bo‘ladi?
Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan ham bog‘lanildi. Vazirlik mas’ullarining aytishicha, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirgan hamda saralashdan o‘tgan pedagog kadrlarning ma’lumotlarini ERP bazasiga kiritish uchun joriy yilning 5-avgustiga qadar muddat belgilangan.
Platformaga kiritishga ulgurmagan ustozlar uchun 10-avgust kuniga qadar qo‘shimcha vaqt berilgan. Ayni vaqtda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga ishlash istagini bildirib, ariza topshirgan ustozlar ro‘yxati hududiy bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan holda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etishi belgilangan.
Bunda tasdiqlangan ro‘yxat to‘liq taqdim etilganidan so‘ng, o‘z muddatida ma’lumotlari platformaga kiritilmagan o‘qituvchilar ro‘yxati va ularning Nizom talablari asosida saralashdan o‘tganliklari o‘rganib chiqiladi. Shundan keyin, mazkur pedagog kadrlarning ma’lumotlarini elektron platformaga kiritish choralari ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, ma’lumotlarning ERP tizimiga o‘z vaqtida kiritilmay qolgani saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagogning ishga kirish imkoniyatini cheklamaydi.
Vazirlik tomonidan bunday holatlar alohida o‘rganilib, belgilangan talablarga javob beradigan pedagoglarning ma’lumotlarini tizimga kiritish chorasi ko‘riladi.
Comments 0
Please register to comment!
News
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
School libraries to be modernized, with deputy principals responsible for mahalla libraries
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
News on the topic
News
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga olinadi
Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlar pedagog.uzedu.uz (http://pedagog.uzedu.uz) platformasida eʼlon qilgandan so‘ng, nomzodlar ishga kirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirishadi.
Вы спрашивали
Yaqin maktabda vakansiya bor: test natijam bilan ishga kira olamanmi?
Nizomga ko‘ra, talabgorlar ta’lim tashkilotlaridagi vakant ish o‘rinlari uchun pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ariza topshiradi hamda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov (test) asosida ishga qabul qilinadi.
News
Endi maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart emas
Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzodni ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
News
Ta’lim tizimi xodimlariga har 5 yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til beriladi
Mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’til berishda Tarmoq kelishuviga rioya etilmasa, bu qonun buzilish sifatida baholanadi va ish beruvchi uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.
English
Edit your comment