Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
Savol
Maktablarda xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlilariga g‘aznachi shtatini biriktirib shuni hisobidan ish haqlariga qo‘shimcha ish xaqi berilishi kerakligini bilardim, lekin ba’zi maktab direktorlari o‘ziga tegishli odamlariga biriktirib qo‘ygan.
Masalan, ba’zilari maktab o‘qituvchisi, ba’zilari o‘zining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini qo‘ygan. Shu qanchalik to‘g‘ri? Iltimos shu savolga qonun doirasida javob bering.
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-martdagi PQ-609-sonli qarori bilan umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari belgilangan.
Mazkur qarorning 4-bandida oylik maoshi va unga teng to‘lovlarni to‘lash uchun naqd pul beruvchi moddiy-mas’ul shaxs (kassir)ning vazifasi umumta’lim maktablarining ma’muriy-xo‘jalik bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki xo‘jalik mudiri zimmasiga ularning lavozimi uchun belgilangan okladiga ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida qo‘shimcha oylik maoshi belgilash bilan yuklanishi nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqib, g‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid. Mazkur vazifa aynan ma’muriy-xo‘jalik bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki xo‘jalik mudiri zimmasiga yuklatilishi va qo‘shimcha haq ham ushbu vazifa amalda bajarilganda to‘lanishi belgilangan.
Demak, agar maktabda ushbu lavozim mavjud bo‘lsa, g‘aznachi (kassir) vazifasini unga tegishli bo‘lmagan boshqa xodimga biriktirib, shu asosda qo‘shimcha haq to‘lash prezidentning PQ-609-son qarorida belgilangan zid hisoblanadi.
Comments 1
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
News
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
News
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
News
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
Вы спрашивали
Will the minister's allowance be added to the vacation pay?
Every year, these allowances are added to us, and no vacation pay is paid. However, it is subject to income tax.
English
Edit your comment