Yangi ta’lim vazirini tayinlash bo‘yicha qarorni kimlar qabul qiladi?
Bugun 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohot natijasida ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘iratboy Sharipov va uning o‘rinbosarlari ham lavozimidan ozod etilgan. Bu Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining tugatilib, ularning negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgani bilan bog‘liq.
Vazir nomzodi kim tomonidan taqdim etiladi?
Ta’lim va ilm-fan vazirini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Ammo, vazirni lavozimga tayinlash jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga ko‘ra vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun prezident tomonidan taqdim etiladi.
Vazir lavozimiga nomzod mas’ul qo‘mita, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi yoki ma’qullanmaydi.
Konstitutsiyaning 109-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga ko‘ra vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
Qonunchilik palatasi vazir lavozimiga nomzodni rad etgan taqdirda, prezident Qonunchilik palatasiga yangi nomzodni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun kiritadi.
Shu tariqa, vazir lavozimiga tayinlash jarayonida ham prezident, ham Qonunchilik palatasi ishtirok etadi. Ya’ni, vazirni lavozimga tayinlash bo‘yicha yakuniy qarorni prezident qabul qiladi, ammo bunga Qonunchilik palatasining ham roziligi kerak bo‘ladi.
Bu tartib ijro hokimiyati vakili, ya’ni Ta’lim va ilm-fan vazirining xalq vakillari — parlament nazorati ostida lavozimga tasdiqlanishini ta’minlash maqsadida joriy qilingan.
Vazir bo‘lishni istagan shaxs nima qilishi kerak?
Ta’lim va ilm-fan vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda u Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Ya’ni, Ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga nomzodlik qilayotgan shaxs, Qonunchilik palatasi uni tasdiqlashdan oldin o‘zining aniq rejasi bilan chiqishi kerak bo‘ladi.
Bu reja sodda qilib aytganda, “Agar vazir bo‘lsam, nimalarni o‘zgartiraman, qanday islohotlarni amalga oshiraman, qanday maqsadlarga erishaman va bunga qanday yo‘llar bilan erishaman?” degan savollarga javob bo‘lishi kerak.
Shuningdek, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bu reja Vazirlar Mahkamasining umumiy harakatlar dasturi bilan ham mos kelishi kerak.
Vazirlikka nomzod sobiq vazir o‘rinbosarlari orasidan tanlanadimi?
Qonunchilikda vazir lavozimiga nomzod sifatida faqatgina uning o‘rinbosarlari ko‘rsatilsin, degan qoida yo‘q. Shu sababli, istalgan shaxs vazir lavozimi uchun tavsiya etilishi mumkin.
Ya’ni, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanishi uchun faqatgina prezident tomonidan taqdim etiladi. Vazir lavozimiga kimni tavsiya etish esa, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vakolatidagi masala hisoblanadi.
Umuman olganda, vazir lavozimiga nomzod tanlashda hech qanday cheklovlar mavjud emas — asosiy shart, nomzod prezident tomonidan ko‘rsatilishi va parlament tomonidan ma’qullanishidir.
Xulosa qilib aytganda, Ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlanish jarayoni qonuniy asosda va bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Bu jarayonda prezident asosiy tashabbuskor bo‘lsa-da, Qonunchilik palatasining roziligi ham muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, nomzoddan nafaqat salohiyat, balki aniq harakatlar rejasi ham talab etiladi.
Comments 1
Please register to comment!
News
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizimi yo‘lga qo‘yiladi
News on the topic
Education policy
O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…
Zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.
Education policy
Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
2030-yilgacha 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyati oshiriladi. Yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi.
News
Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi.
Education policy
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
English
Edit your comment