Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etgandi.
Ya’ni, terma jamoa 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishgandi. Eng asosiysi, yosh muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini ham qayd etgandi.
Shu sababli, jahon chempioni bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi;
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Salomov Ibroxim - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori;
Abdujabborov Abdullox - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi;
Akbarov Shoxruxbek - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Kosimov Akbarshox - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Miraxmedov Ayubxon - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Pardayev Umarbek - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Sodiqov Shukrullo - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Teshabayev Maxkambek - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Teshabayeva Safina - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri;
Tojiqo‘ziyev Jasurbek - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Urmanov Baxodir - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Urmanov Xondamir - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Yusupxo‘jayev Hasanxon - Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri.
Comments 1
Please register to comment!
News
Maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi: o‘quvchilar imlosini baholashda yengillik berilishi mumkin
Milliy sertifikat: natijalar bugun chiqadi, yangi imtihonga ro‘yxatga olish ertadan boshlanadi
Dars soatlari elektron platforma orqali taqsimlanadi. Pedagoglar bundan nima kutmoqda?
Maktab bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihoni joriy qilinishi mumkin
News on the topic
News
Xalqaro olimpiada g‘oliblariga 17 mlrd so‘mdan ortiq mukofot puli topshirildi
2026-yilda O‘zbekiston o‘quvchilari 29 ta xalqaro fan olimpiadada qatnashib, jami 257 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularning 44 tasi oltin, 93 tasi kumush va 120 tasi bronza medalidir.
News
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston 2024-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasidan akademik halollik tamoyillari buzilgani sababli chetlashtirilgandi, 2026-yildan esa mazkur olimpiadada ishtirok etish huquqini qayta qo‘lga kiritgandi.
News
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
News
Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgan Oʻzbekiston endi ikkita nufuzli olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida eng nufuzli fan olimpiadalaridan sanaluvchi Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
English
Edit your comment