Maktablarga elektromobil beriladi: Bunda “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi
O‘tgan oyda, ya’ni 2024-yil 3-dekabrda start berilgan “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasining navbatdagi mavsumida bepul IT'ga ixtisoslashgan kurslar soni ko‘paytirilgani ma’lum qilingandi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilarga 2 ta elektromobil, 700 ta noutbuk, chet elga sayohat va pul mukofotlari berilishini ma’lum qilgan.
O‘zbekistonda “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi mavsumiga start berilgandi. Bu haqda 2024-yil 3-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilingandi.
IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga “Coursera” ta’lim platformasida bepul o‘qib, xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Joriy yil 29-noyabrdan boshlab uzbekcoders.uz sayti orqali mazkur bepul kurslarda o‘qish mumkin. Shuningdek,
- Data Science Math Skills;
- Introduction to User Experience Design;
- Managing Responsibly: Practicing Sustainability;
- Responsibility and Ethics;
- Excel Fundamentals for Data Analysis;
- Introduction to Generative AI kabi yangi bepul kurslar qo‘shildi.
“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini 1 million nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan.
Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi – 2 ta elektromobil berilishi ham rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar uchun chet elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar o‘qituvchiga 10 million so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilishi rejalashtirilgan.
“Raqamli texnologiyalar sohasidagi ishlarning aksari dunyoning istalgan nuqtasidan ishlashga imkon beradi. Farzandingiz to‘g‘ridan to‘g‘ri uydan turib jahonning yetakchi kompaniyalarida ishlashi mumkin bo‘ladi.
Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ziyod dasturchilar masofadan turib AKT bozorida xizmat ko‘rsatmoqda. Ularni rag‘batlantirish tizimi takomillashuvi ortidan 2030-yilgacha bu raqamning 30 mingga yetishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izohingizni tahrirlang