Top.Mail.Ru
O‘quvchilar darslarni radio orqali tinglab ham darsga qatnashgan hisoblanadi — Avstraliya

O‘quvchilar darslarni radio orqali tinglab ham darsga qatnashgan hisoblanadi — Avstraliya

12:05 / 16.02.2025 207

Avstraliyada farzandining ehtiyojlariga javob beradigan maktabni topish - aholi uchun e’tiborga olishlari kerak bo‘lgan birinchi omil hisoblanadi. 


Avstraliya ta’lim tizimi esa agar o‘quvchi o‘qish jarayonida kutilgan rivojlanishga erisha olmasa, uning ehtiyojlariga mosroq bo‘lgan boshqa maktabga o‘tishni tavsiya qiladi.


Maktab tizimi uch turga bo‘linadi:


  • Davlat maktablari – bepul yoki minimal to‘lov asosida ta’lim beradi;


  • Xususiy maktablar – ko‘pincha yuqori sifatli ta’lim va zamonaviy infratuzilmaga ega;


  • Katolik maktablari – diniy ta’limga urg‘u bergan holda milliy o‘quv dasturiga asoslanadi.


Avstraliyada maktab ta’limi jami 13 yil davom etadi va maktabgacha ta’lim (3-5 yosh), boshlang‘ich maktab (1-6 sinf), o‘rta maktab (7-10 sinf), katta o‘rta maktab yoki kollej (11-12 sinf) bosqichlarni o‘z ichiga oladi.


Radio orqali ta’lim – School of the Air


Avstraliyada chekka hududlarda yashovchi ba’zi o‘quvchilar maktabga borish imkoniyatiga ega bo‘lmagani uchun darslarni radio orqali tinglash orqali ta’lim oladi va bu rasmiy o‘qish jarayonining bir qismi hisoblanadi.


Avstraliyaning chekka hududlarida yashovchi o‘quvchilar uchun School of the Air deb nomlangan tizim yaratilgan. Ushbu tizim 1951-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uzoq hududlardagi bolalarga radio orqali ta’lim berishni maqsad qilgan.


Dastlab, darslar qisqa to‘lqinli radio orqali o‘tilgan bo‘lsa, hozirda zamonaviy texnologiyalar, ya’ni internet va videoqo‘ng‘iroqlar yordamida ta’lim beriladi. 


Masalan, Alice Springs School of the Air maktabi Avstraliyaning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, 1,3 million kvadrat kilometr maydonda joylashgan o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatadi.


Shuningdek, Kimberley School of the Air G‘arbiy Avstraliyaning Derby shahrida joylashgan bo‘lib, 423 517 kvadrat kilometr hududdagi o‘quvchilarga ta’lim beradi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Maqola muallifi

Umirov Muzaffar

Umirov Muzaffar

Muxbir

Teglar

  • Avstraliya

Ulashish