Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda xalqtaliminfo.uz manbasi xabar berdi.
U 2025-yil fevral oyida Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimidan ozod qilinib, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Iroda Yuldasheva 1977-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlangan.
Iroda Yuldasheva quyidagi lavozimlarda ishlagan:
1999-2000 yy. — Oliy Majlis Amaldagi qonun hujjatlar monitoringi instituti kadrlar bo‘yicha katta inspektor;
2000-2003 yy. — Institut kotibiyatining ish yuritish va kadrlar bo‘yicha 1-toifali kotiba;
2003-2003 yy. — San’at instituti, ma’naviyat va ma’rifat uslubchi;
2003-2004 yy. — San’at instituti Teatr san’ati fakulteti dekan muovini;
2004-2006 yy. — San’at instituti Drama va kino san’ati kafedrasi o‘qituvchisi;
2006-2006 yy. — Sergeli tumani 7-maktab to‘garak rahbari;
2006-2007 yy. — Sergeli tumani 7-maktab musiqa oqituvchisi
2007-2009 yy. — Sergeli tumani 7-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
2009-2014 yy. — Sergeli tumani 47-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;
2014-2025 yy. — Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
2025-2026 yy. — Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlov
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markaziga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
Tayinlov
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang