Endi maktablarda “Halollik to‘garagi” o'tiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 33/1-907-sonli hamda 7-apreldagi 33/2-90-sonli topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2026-yil 13-martdagi 06-13/971-sonli ko‘rsatmalari asosida umumta’lim muassasalarida “Halollik to‘garaklari” faoliyatini tashkil etishga oid namunaviy nizom hamda dastur ishlab chiqildi.
“Halollik to‘garaklari” faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar ongida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.
“Halollik to‘garaklari” dasturi umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning yosh, psixologik va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda 1-4-sinflar, 5-8-sinflar hamda 9-11-sinflar kesimida alohida mavzular tizimi shakllantirilgan.
Dastur har bir sinf bosqichi uchun alohida tuzilgan bo‘lib, har bir kesimda 34 ta mavzuni o‘z ichiga oladi hamda jami 34 soatga mo‘ljallangan. To‘garak tarkibi 10 nafardan 20 nafargacha o‘quvchini qamrab olgan holda shakllantiriladi.
Dastur doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari hamda pedagog xodimlarning “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini tashkil etish metodikasi”, “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning o‘rni” kabi yo‘nalishlarda kasbiy kompetentligini oshirish, huquqiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
“Halollik to‘garaklari” o‘quv dasturining asosiy maqsadi – umumta’lim muassasalarining 1-11-sinf o‘quvchilarida halollik, adolat, vijdonlilik, mas’uliyat, xolislik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat kabi ijtimoiy axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni shaxsiy hayotiy qadriyat darajasiga olib chiqishdan iborat.
Maktablarda o‘quvchilarni ushbu to‘garaklarga jalb etish ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, individual xususiyatlari hamda yosh psixologik rivojlanish darajasini inobatga olgan holda ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilarni to‘garaklarga majburan jalb etish taqiqlanadi.
Jarayon ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi bilan uzviy bog‘liq holda sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari hamda psixologlar hamkorligida tashkil etiladi.
Bunda har o‘quv yilining boshida to‘garaklar faoliyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilib, ochiq eshiklar kunlari, taqdimotlar va sinov mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarning qiziqishi oshiriladi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarni to‘garaklarga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.
To‘garak mashg‘ulotlari tizimli ravishda, pedagogik yuklama va o‘quvchilar bandligini hisobga olgan holda, haftasiga kamida bir marotaba o‘tkaziladi hamda ularning davomiyligi amaldagi me’yoriy talablar asosida belgilanadi.
To‘garak faoliyatini bevosita tashkil etish va olib borish uchun mas’ul shaxs - to‘garak rahbari umumta’lim muassasasi direktorining tegishli buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi – GRACE dasturi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida maktablarda tizimli ravishda ‘‘Halollik to‘garaklari’’ faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandik.
Izohlar 12
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
Yangiliklar
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi.
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Yangiliklar
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ta’lim muassasalari uchun “ABS” rusumli isitish qozonlari sotib olinishi lozim bo‘lgan. Biroq, amalda shartnomada ko‘rsatilgan mahsulot o‘rniga “LES” rusumli isitish qozonlari xarid qilingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang