Top.Mail.Ru
O‘quv markazlari ochish uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi

O‘quv markazlari ochish uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi

14:40 / 30.06.2026 45

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan bo‘layotgan uchrashuv chog‘ida o‘quv markazlari uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqarilishini ma’lum qildi. Bunda yoshlar to‘lovni besh yil muddatda foizsiz bo‘lib to‘laydi. 


Infratuzilmaga zarurat bo‘lgan taqdirda, davlat tomonidan ko‘mak beriladi. O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7 foizi kompensatsiya qilinadi. Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat tomonidan ushbu xarajatning yarmini qoplab beriladi. 


Shuningdek, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi ham aytildi. Ushbu “kasb vaucheri” foizsiz ssuda shaklida bo‘lib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi. 


Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher” taqdim etiladi. Shu yilning o‘zida “kasb vaucheri” va bepul “vaucher” tizimi uchun 120 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Talabga qarab, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi. 


Prezident tomonidan xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi o‘zini oqladi. Prezidentimiz buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi. 


Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi. 


Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi. 


Yana bir yangilik – xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot oladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • O'quv markazi

Ulashish