Andijondagi maktablarning birida yong‘in sodir bo‘lgani aytildi
12:01 / 12.03.2024
1.41k
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida joylashgan 9-maktabda yong‘in sodir bo‘ldi.
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning tom qismi yonib zararlangan.
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning tom qismi yonib zararlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, bugun, 12 mart kuni soat 09:56 da Oltinko‘l tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:14 da o‘chirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan 85 kv.m maydonda tom qismi yong‘indan zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:30 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
10:00 / 30.01.2025
Izohingizni tahrirlang