Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda psixologlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan.
Ammo hozirga qadar ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasb standarti mavjud bo‘lmaganligi sababli ular attestatsiyaga jalb qilinmagandi.
Kuni kecha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir materiallar ro‘yxatida maktab psixologlarini ham ko‘rish mumkin.
Unda psixologiya fanidan pedagog kadrlarning malaka toifalari test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi ham joy olgan.
Bundan shuni tushunish mumkinki, joriy yilgi bahorgi attestatsiyadan boshlab maktab psixologlari malaka test sinovlarida ishtirok etib, toifa olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda psixologlarning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko‘ra farqlanib, quyidagicha belgilangan:
- Oliy ma’lumotli psixolog – 3 mln 051 ming 742 so‘m;
- Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 268 ming 047 so‘m;
- Birinchi toifali psixolog – 3 mln 489 ming 865 so‘m;
- Oliy toifali psixolog – 3 mln 702 ming 280 so‘m.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
Yangiliklar
Endi ayrim psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi
Endilikda yangi ishga kirgan yoki attestatsiyadan o‘tolmagan psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
Endilikda qaysi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinishi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang