Top.Mail.Ru
2-sinf o'quvchilaridan soliqlarni to'lab qo'yish talab qilindi

2-sinf o'quvchilaridan soliqlarni to'lab qo'yish talab qilindi

15:44 / 04.09.2024 1.11k

Qashqadaryoda Soliq inspeksiyasi xodimi 2-sinf o‘quvchilaridan soliqlarni to‘lab qo‘yishni talab qildi (video).


Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 14-maktabda Soliq inspeksiyasi xodimi 2-sinf o‘quvchilaridan soliqlarni to‘lab qo‘yishni talab qilgani haqida video tarqaldi.


“Yangi o‘quv yili bilan hammangizni tabriklayman, o‘qishingizga omad. Biz Nishon tuman soliq inspeksiyasidan kelyapmiz. Sizlarga eslatma bu. Hammangiz ota-onangizga olib borasiz. Yashab turgan joyingizning mol-mulk va yer soliqlarini soliq inspeksiyasiga borib, yoki telefonda soliq ilovasidan to‘lashlari kerak. Shuni iltimos qilasizlar. Uy kimning nomida bo‘lsa, borib, hisoblab to‘laydi”, deydi xodim.

Soliq inspeksiyasi xodimlari kimning ruxsati bilan ta’lim muassasasiga kiritilgani, xodimlar soliqlarni yig‘ish uchun nima sababdan aynan bolalardan foydalanayotgani hozircha noma’lum.

Davlat soliq qomiasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralashini malum qildi. Ayni vaqtda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligi doirasida har bir maktabga qorovullar biriktirilib, ular maktabga begona shaxslarning kirib-chiqishini ham nazorat qilayotgandi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'limga aralashuv

Ulashish