Top.Mail.Ru
Bizning jamoa
team

Sevinch Xoliqova

Muxbir
Sevinch Xoliqova To‘lqinovna — 2005-yil 9-yanvarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi jurnalist. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.  

Sevinch Xoliqova 2021-yilda “MY5” telekanalining yosh jurnalistlar maktabida “Teleradio jurnalistika” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, Navoiy viloyati yoshlar markazi va Navoiy teleradiokompaniyasida o‘z jurnalistlik ish faoliyatini boshlagan.

U bir qancha OAV jumladan, Navoiy MTRKda bir necha loyihalar  muallifi va boshlovchisi, “Kelajak yoshlari” teleloyihasi doirasida har hafta efirga uzatiladigan “E’tibor markazida” nomli tanqidiy ko‘rsatuvi, shuningdek “Bir piyola choy ustida” teleko‘rsatuviga muallif hamda boshlovchilik qilgan. Faoliyati davomida “Paxtachi” gazetasi, “Paxtachi Media” va “Muhim24” sayti jamoatchi muxbiri lavozimlarida ishlagan. 

Sevinch Xoliqova 2024-yil aprel oyidan boshlab xalqtaliminfo.uz sayti muxbiri sifatida oz ish faoliyatini boshlagan.