Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili — Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova hamda Xalq ta’limi Info tahririyati rahbari Ulug‘bek Po‘latov o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Bolalar ombudsmani matbuot kotibi Dilnoza Yusupova, xalqtaliminfo.uz sayti muxbirlari Muzaffar Umirov va Sevinch Xoliqovalar ham ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida bolalarning huquqlarini himoya qilish, ta’lim muassasalaridagi zo‘ravonlikni kamaytirish hamda pedagoglarning psixologik salomatligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda “Stressiz ta’lim” loyihasi doirasida hamkorlikda ishlash, pedagoglar orasida stress holatlarini keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash hamda zo‘ravonlikka moyillikni aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazish va bu boradagi takliflarni hukumatga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Endilikda, Bolalar ombudsmani tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yoritishda Xalq ta’limi Info tahririyati axborot hamkoriga aylanadi.
Shuningdek, tomonlar “Tanaffus” podkastida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusida maxsus sonlar tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan dolzarb holatlar bo‘yicha tezkor ma’lumot almashish, tahririyat tomonidan rejalashtirilayotgan ta’limga oid ijtimoiy roliklarni tasvirga olishda hamkorlik qilish bo‘yicha ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Xalq ta’limi Info tahririyati va Bolalar ombudsmani o‘rtasida memorandum imzolashga kelishib olindi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi

Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi

Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi

Izohingizni tahrirlang