Top.Mail.Ru
Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi Qonun

Sana: 07.01.2008
UZ RU EN

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrdaqabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda ma’qullangan

1-bob. Umumiyqoidalar

1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagimunosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda.Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik

Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun vaboshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekistonRespublikasining bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchiligidanazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomaqoidalari qo‘llaniladi.

3-modda.Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

bola (bolalar) — o‘n sakkizyoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar);

bolaning qonuniy vakillari —ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar;

vasiylik va homiylik — ota-onaqaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’limberish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarinihimoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rtyoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lganbolalarga nisbatan belgilanadi;

yetim bola — otasi ham, onasi hamvafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola — nogironlikni belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy,sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan,davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashgamuhtoj bolalar, shu jumladan:

nogironligi bo‘lgan bolalar;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar;

yetim bolalar;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;

ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar;

kam ta’minlangan oilalardagi bolalar;

jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turganbolalar;

zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlarnatijasida jabrlangan bolalar;

nogironligi bo‘lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlarimavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat vajamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga hamda o‘z huquqlari vaqonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan bolalar (bola);

ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar — qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqiniamalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaningota-onasi bo‘lmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi yoki cheklanganligi, bedarakyo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi yoxud muomalaga layoqaticheklanganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoyaqilishdan bo‘yin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘zbolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholiniijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardanolishdan bosh tortganligi yoxud ota-ona qaramog‘i mavjud bo‘lmagan boshqaholatlar sababli ota-ona yoki yagona ota (ona) qaramog‘idan mahrum bo‘lganbola.

4-modda.Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiyyo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;

bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishinita’minlash;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamdahimoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarifaoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishigako‘maklashish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchikadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularinitarbiyalash;

bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviyqadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;

bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorliginirivojlantirish;

bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlatnotijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchixalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasidahuquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.

5-modda.Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlashbo‘yicha vakolatlari

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z vazifalari doirasida quyidagivakolatlarni amalga oshiradi:

bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatinishakllantirish va amalga oshirish;

bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etish;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yichadavlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;

bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari, bolalarmuassasalari, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini ro‘yobgachiqarishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston RespublikasiningDavlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarhisobidan moliyalashtirish;

davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasinimustahkamlash va nodavlat bolalar muassasalarini rivojlantirishga ko‘maklashishchora-tadbirlarini ko‘rish;

bola huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekistonRespublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamdaxalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;

axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini haletish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqavakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishinita’minlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bolahuquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadidaqonunchilikda belgilangan tartibda bola huquqlari bo‘yicha vakolatli organtashkil etilishi mumkin.

6-modda.Bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vanodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorattashkilotlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariniro‘yobga chiqarishda va himoya qilishda ko‘maklashadi, bolaga yoki uningqonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa yordam ko‘rsatadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorattashkilotlari:

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yichadavlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda hamda ro‘yobgachiqarishda ishtirok etishi;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doirvakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va xalqaro tashkilotlardan uslubiy,tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi mumkin.

2-bob. Bolahuquqlarining asosiy kafolatlari

7-modda.Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolagainson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlattomonidan kafolatlanadi.

Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadanfoydalanadi.

Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishinita’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.

Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundanmustasno.

8-modda.Bolaning yashash huquqi kafolatlari

Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasdqilish eng og‘ir jinoyatdir.

Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchunsharoit yaratadi.

9-modda.Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi kafolatlari

Har bir bola tug‘ilgan paytdan e’tiboran familiya, ism, ota ismi olish,millati va fuqaroligiga ega bo‘lish huquqiga, shuningdek ularni saqlab qolishhuquqiga ega.

10-modda.Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari

Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi vaxat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.

Har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiyhayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.

Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqaolinishi mumkin emas.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sirtutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barchashakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan,qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatinikamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan,huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidanhimoya qilinishini amalga oshiradi.

Davlat:

bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllariningoldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar vashart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

ekspluatatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalarga zarur pedagogik,psixologik, tibbiy, yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yokiolib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish aktiqo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n sakkiz yoshgato‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib,jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganshaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usuldaqondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o‘n oltiyoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojnig‘ayritabiiy usulda qondirganlik yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarqilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografikmahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish maqsadida O‘zbekistonRespublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik,tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmaganshaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalbetganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilganlik,fohishaxonalar tashkil etganlik yoki saqlaganlik, terrorizm uchun ilgari hukmqilingan shaxslarning ta’lim, tarbiya, bolalar sog‘lomlashtirish, sport vaijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazardatutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

Ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilganshaxslarning reyestrini shakllantirish va yuritish, shuningdek undan axborotolish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

11-modda.Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqi kafolatlari

Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sudorqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishorganlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ularmansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidansudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishuning ota-onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazardatutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidanamalga oshiriladi.

Voyaga yetguncha qonunga muvofiq to‘la muomalaga layoqatli deb e’tirofetilgan (emansipatsiya) bola o‘z huquqlarini, shu jumladan himoyaga bo‘lganhuquqini mustaqil amalga oshirishga hamda majburiyatlarini mustaqil bajarishgahaqlidir.

Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigansuiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shujumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarbolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagandayoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’molqilganda bola o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rabvasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqilravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to‘liq muomalalayoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘lqo‘yilmaydi.

Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganidan, uning huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslarbu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lumqilishlari shart. Shunday ma’lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylikorgani bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoyaqilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shart.

111-modda.Jinoyat protsessining ishtirokchisi bo‘lgan bola huquqlarini himoya qilishkafolatlari

Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barchabosqichlarida bolalarning qonunchilikda belgilangan barcha protsessualhuquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta’minlanishibo‘yicha choralar ko‘radi.

Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish, uni ko‘rsatmalarberishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.

Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatanular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarnibajarish taqiqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganshaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi,pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalgaoshirilishi mumkin.

Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudgaqadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachiningishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan vozkechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Qonunchilikda jinoyat protsessining ishtirokchilari bo‘lgan bolalar uchunboshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

12-modda.Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashnikafolatlaydi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiyyordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

13-modda.Bolaning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi kafolatlari

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularbilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uningmanfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno.

Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilingandahamda bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oiladayashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidanta’minlanadi.

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqaqarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi,nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashibolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.

Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilanko‘rishish huquqiga ega.

Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish,davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola o‘zota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibdako‘rishish huquqiga ega.

14-modda.Bolaning g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari

Har bir bola g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdanhimoyalanish huquqiga ega.

Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning o‘rninibosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishimumkin. Ushbu masala bo‘yicha ota va ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchishaxslar o‘rtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.

Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaning yo‘qolganligihaqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart.

Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida bo‘lmaganbolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega.

Bolani ota yoki ona yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan chetdavlat hududida nazoratsiz qoldirish, ya’ni ota-onaning, ular o‘rnini bosuvchishaxsning bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha o‘zmajburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsningo‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajadabajarmasligi, shu jumladan bolani o‘z ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlarigayoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatningqonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bo‘lgan tashkilotga topshirmasdanqoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniyvakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — O‘zbekiston Respublikasifuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi bo‘yicha choralarko‘radi. Ota-onasi bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan debe’lon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga,bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrumbo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralariniko‘radi.

Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarishmasalalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida halqilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarigamuvofiq davlat ijro etish maqsadlari, shakllari va usullaridan qat’i nazar,bolalarni g‘ayriqonuniy ko‘chirishning oldini olish, shuningdek ularni doimiyyashaydigan mamlakatiga qaytarish choralarini ko‘radi.

15-modda.Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari

Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etishga,shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonidaso‘zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar vamansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishdabolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaningeng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

16-modda.Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari

Har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyonyetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.

Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega,qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno.

Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, insonqadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi vahuquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridanfoydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etishtaqiqlanadi.

17-modda.Bolaning fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari

Bola fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda belgilangan tartibdacheklanishi mumkin.

18-modda.Bolaning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi kafolatlari

Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lishimumkin.

Bolaning shaxsiy foydalanishida bo‘lgan, bola tomonidan hadya, merostariqasida olingan, shaxsiy mehnati evaziga yoki boshqa qonuniy usulda olinganbuyumlar, mol-mulk uning xususiy mulkidir.

19-modda.Bolaning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari

Har bir bola turar joyli bo‘lish huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikdabelgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila a’zolaribo‘lgan bolalar ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, turar joy mulkdoriyoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqaega bo‘ladi.

Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari,vasiylari yoki homiylari qaramog‘ida bo‘lgan yetim bolalar, ota-onasiningqaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yokiturar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishidabo‘lgan turar joyni o‘zga shaxsga o‘tkazish uchun vasiylik yoki homiylikorganining roziligi talab qilinadi.

20-modda.Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligigamuvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini vakasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus,kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamdama’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olishjarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun —ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasiningo‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishgayo‘l qo‘yiladi.

Davlat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta’lim bilanqo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikdanazarda tutilgan boshqa choralarni ko‘rish orqali bolaning mehnat qilish huquqita’minlanishini kafolatlaydi.

21-modda.Bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘i hamda ehtiyojlariga mos keladigandam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqqa ega.

Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z qobiliyatlari hamdaimkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligiuchun zarur turmush sharoitini ta’minlaydi.

Bolalar sog‘lomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni vabo‘sh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlatorganlari tomonidan ta’sis etiladi va qo‘llab-quvvatlanadi.

22-modda.Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi kafolatlari

Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega.

Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog‘lig‘inisaqlash sharoitlarini yaratadi.

Davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamnikafolatlaydi.

Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo‘llar bilanta’minlanadi:

malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;

bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalarkasalliklari profilaktikasi;

bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanserkuzatuvini olib borish hamda davolash;

talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlabchiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga javob beradiganta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

kasbga yaroqlilikni aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetimablag‘lari hisobidan bepul tibbiy maslahat berish;

sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishva rag‘batlantirish;

sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan tarzda zaruraxborotni taqdim etish.

O‘n to‘rt yoshdan katta yoshdagi bola ma’lumotlarni bilgan holda tibbiyaralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Bola bilan uning hayotiga, sog‘lig‘i va normal rivojlanishiga ziyonyetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar o‘tkazishtaqiqlanadi.

Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilaktika dasturlariniamalga oshirish orqali bolani alkogolga moyillikdan, chekishdan, giyohvandlikvositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sirko‘rsatadigan boshqa moddalarni iste’mol qilishdan himoya qilish bo‘yicha zarurchoralarni ko‘radi.

23-modda.Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari

Har bir bola bilim olish huquqiga ega.

Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’limolishini kafolatlaydi.

3-bob. Ijtimoiyhimoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari

24-modda.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari

Davlat bolaning oilada bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartarafqilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarishbo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda jismoniy va (yoki) ruhiyrivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiyyordam, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi hamda ularniqo‘llab-quvvatlaydi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdaimtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir bo‘lgan qarindoshlariga beriladi.

Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uniixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir.

Oilada tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarularga zarur g‘amxo‘rlikni hamda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan muqobilshaklda joylashtirilish huquqiga ega.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllariquyidagilardir:

vasiylik va homiylikni belgilash;

bolani farzandlikka olish;

oilaga tarbiyaga olish (patronat);

ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoyamuassasalariga joylashtirish.

Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobiljoylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi mumkin.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish tartibiqonunchilik bilan belgilanadi.

25-modda.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqabolalar bilan teng huquqlarga egadir.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyathayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning sha’ni vaqadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqishtashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajratadi.

Ta’lim, tibbiyot va madaniy-ma’rifiy muassasalar nogironligi bo‘lganbolalarning hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lganbolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tiziminishakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga ko‘maklashadi.

Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlaritomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yakka tartibdagi reabilitatsiyadasturidan foydalanish huquqiga ega.

26-modda.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, to‘liq davlatta’minotida turgan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini bitirganyoki jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiyhimoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi bolalar o‘zlari ilgari yashagan turarjoy maydoniga ega bo‘lish yoki qonunchilikka muvofiq turar joy olish huquqigaega.

27-modda.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqikafolatlari

Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega bo‘lgan har bir bolaga tayinlanadi.

Ijtimoiy yordam ko‘rsatish miqdori, shartlari va tartibi qonunchilik bilanbelgilanadi.

Davlat organlari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir bolaga,bolalarning joylashtirilishi shaklidan qat’i nazar, moddiy va boshqasharoitlarni ta’minlaydi.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashgayo‘naltirilgan homiylik dasturlarini qonunchilikka muvofiq rag‘batlantiradi.

271-modda.To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqaqonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarining kafolatlari

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillariningqaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish,tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o‘rta maxsus, ta’lim muassasalariga tarbiyagaberilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.

To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalarga va ota-onasining yokiboshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’limberish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqaashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarinibitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqaashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalgaoshiriladi.

28-modda.Nogironligi bo‘lgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlaribo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari

Nogironligi bo‘lgan bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga egabo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya,sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilanimtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichigaoladi.

Nogironligi bo‘lgan bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalaridabepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va o‘z uylarida parvarish qilinish huquqigaega.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalargatibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlarro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘raO‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, homiylik va boshqajamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasiningo‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimimuassasalarida saqlanishlari mumkin.

29-modda.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari

Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy himoyagamuhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasidabilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag‘lar ajratadi hamda boshqa choralarko‘radi.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar vanogironligi bo‘lgan bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’limdasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘zjismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqigaega.

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo‘lgan taqdirda,jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar vanogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari o‘z xohish-istagiga ko‘ra hamdabolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan)muassasasi turini tanlash huquqiga ega.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quvyurtlariga o‘qishga kirishda qonunchilik bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin.

4-bob. Yakunlovchiqoidalar

30-modda.Nizolarni hal etish

Bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangantartibda hal etiladi.

31-modda.Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchunjavobgarlik

Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikdaaybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

32-modda.Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekistonRespublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 7-yanvar,

O‘RQ-139-son

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2008-y., 1-2-son, 1-modda, 2009-y., 52-son, 554-modda; 2016-y., 52-son,597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliybazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son;11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 15.03.2023-y.,03/23/823/0150-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)