Top.Mail.Ru
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori

Sana: 10.01.2024
Hajmi: 1.20mb
UZ RU EN

[OKOZ:

1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan sinovlarda qatnashish uchun talabgorlarga elektron ariza topshirish imkoniyati yaratildi va davlat namunasidagi sertifikatlarni elektron shaklda berish yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etishga ariza berish va berilgan sertifikatlarning elektron shaklini yuklab olish borasida raqamli xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan, ushbu xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, milliy test sinovlarida ishtirok etishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda qabul qilish tartibini joriy etish;

talabgordan davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilishni bekor qilish;

umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatni QR-kod qo‘ygan holda, YIDXP orqali test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida talabgorga yuborish haqidagi qoidani belgilash.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari K.H. Karimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2024-yil 10-yanvar,

17-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga

ILOVA

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida:

a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 21-band chiqarib tashlansin;

v) 3-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;

g) 1-ilovada:

2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) berish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi, sertifikat elektron shaklda beriladi.

Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar beriladi.

Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;

65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;

60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;

55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;

50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;

46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi”;

3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Chet tilini bilish darajasini baholash va malaka sertifikatini berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi”;

4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;

5, 8, 10, 23 va 26-bandlardagi, 11-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 27-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;

6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda ariza berib ro‘yxatdan o‘tadi.

7. Talabgor mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani YIDXP orqali elektron ravishda to‘ldiradi. Talabgordan so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Talabgorga so‘rovnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali test sinovidan o‘tish qoidalari to‘g‘risidagi eslatma beriladi.

Talabgorning so‘rovnomasida uning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. So‘rovnomada talabgor elektron manzilining ko‘rsatilgani uning so‘rovnoma bo‘yicha qabul qilingan qaror, test sinovi natijalari yuzasidan apellatsiya xulosasi haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.

Talabgordan so‘rovnomadagi hujjatlardan boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

Talabgor haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga talabgorning o‘zi shaxsan javobgar hisoblanadi.

Test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin YIDXP orqali e’lon qilinadi.

Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotga YIDXP orqali ega bo‘ladi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari Adliya vazirligi tomonidan vaqtincha ro‘yxatga olinadi hamda ular JShShIR raqami shakllantiriladi.

Bunda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti orqali ro‘yxatga olinadi”;

9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi”;

16-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 28-banddagi “Davlat test markazining” so‘zlari “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;

17 — 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“17. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma bir ish kunidan kechikmay, Agentlikning rasmiy veb-saytida hamda YIDXP orqali e’lon qilinadi.

171. Test sinovlari natijalari bo‘yicha testologiya me’yorlarining buzilish holati aniqlansa, Agentlik tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.

Quyidagi holatlarda testologiya me’yorlari buzilgan deb hisoblanadi:

test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash qoidalari buzilsa;

talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qo‘lga kiritish holati aniqlansa;

test sinovi natijalari tahliliga ko‘ra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilsa.

Bunda mazkur bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holat faqat ayrim hududlarda aniqlangan taqdirda, ushbu hududlardagi test sinovlari natijalari bekor qilinadi.

Test sinovi natijalari mazkur bandga muvofiq bekor qilingan holatlarda, talabgorlarning xohishiga ko‘ra amalga oshirilgan to‘lov miqdori qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.

18. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun ro‘yxatdan YIDXP orqali o‘tilganligi sababli talabgordan belgilangan to‘lov miqdorining 90 foizi undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.

To‘lov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi to‘lov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);

qolgan mablag‘lar — Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Talabgor to‘lovni YIDXP orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi.

19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Agentlikka test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etishi lozim.

Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi o‘tkazilgan sanadan besh ish kundan kechikmay, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni YIDXP orqali Agentlikka elektron shaklda taqdim etishi lozim.

Bunda talabgorga Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori Agentlik tomonidan, boshqa hisobvaraqlarga taqsimlangan to‘lov to‘liq miqdorda YIDXP orqali qaytariladi.

Talabgor to‘lovni qaytarish bo‘yicha Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani YIDXP orqali elektron tarzda to‘ldiradi.

20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lov qaytarilmaydi”;

22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“22. Test sinovidan o‘ta olmagan talabgor test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida YIDXP orqali Agentlikka apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Talabgor apellatsiya shikoyati berish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani YIDXP orqali elektron tarzda to‘ldiradi”;

27-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“Amal qilish muddati tugashiga 10 kun qolgan sertifikat egalariga YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabarnoma hamda Agentlikning tegishli axborot tizimi orqali talabgor ro‘yxatdan o‘tishda kiritgan telefon raqamiga bepul “SMS-xabarnoma” yuboriladi”;

quyidagi mazmundagi 1 — 3-ilovalar bilan to‘ldirilsin:

“Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

__________________

(sanasi)

________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) ma’lumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud bo‘lsa):

3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, ko‘cha, uy):

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (e-mail):

6. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan chegirma qo‘llanilish huquqiga egaligi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar):

Ha/Yo‘q

7. Imtihonni topshirish hududi:

8. Imtihonni topshirish fani:

9. Imtihonni topshirish tili:

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

To‘lovni qaytarish bo‘yicha

SO‘ROVNOMA

__________________

(sanasi)

____________

6. Imtihon sanasi:

7. Imtihonni topshirish fani:

8. Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgorning ushbu holatni asoslovchi hujjatlar:

3-ILOVA

Imtihon natijalari yuzasidan apellatsiya shikoyatini berish uchun

SO‘ROVNOMA

__________________

(sanasi)

_____________

8. Shikoyatning qisqacha mazmuni:

”;

d) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NUZURIDAGI

BILIM VA MALAKALARNI BANOLASN AGENTLIGI

UMUMTA’LIM FANINI BILISN DARAJASI

TO‘G‘RISIDA SERTIFIKAT

Sertifikat raqami:

Talabgorning shaxsiy kodi:

Familiyasi:

Ismi:

Otasining ismi:

Umumta’lim fani:

Umumiy to‘plagan bali:

Umumiy ballga nisbatan

foiz ko’rsatkichi:

Sertifikat darajasi

Bo‘limlar

bo‘yicha test

sinovi natijalari:

Berilgan sanasi

Amal qilish muddati:

Direktor

Imzo

F.I.O.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilish darajasini baholash to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatdagi oq qog‘ozga ofset usulida bosiladi. Bunda beshta rangdan foydalaniladi: qora rang — matn uchun, yashil, ko‘k, qizil ranglar — rasmlarni tasvirlash uchun, och jigarrang — fon uchun. Varaqning yuqori qismida 25 mm diametrda Davlat gerbining tasviri joylashtirilgan.

Varaqning qolgan qismiga davlat tilida lotin yozuvida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NUZURIDAGI BILIM VA MALAKALARNI BANOLASN AGENTLIGI. UMUMTA’LIM FANINI BILISN DARAJASINI BANOLASN TO‘G‘RISIDA SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat olti raqamli tartib raqamiga egadir”.

2. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarorida:

a) 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining” so‘zlari “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;

v) 4, 6 va 9-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;

g) 10-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 1-ilovada:

2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

10-bandining yettinchi xatboshisidagi “yig‘im to‘langanligi” so‘zlari “to‘lov amalga oshirilganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

11-bandda:

birinchi xatboshidagi “Yig‘imlar” so‘zi “To‘lov” so‘zi bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat test markazi faoliyatini” so‘zlari “Bilim va malakalarni baholash agentligini” so‘zlari bilan almashtirilsin;

18 va 19-bandlardagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Reglamentga 1-ilovada “Davlat test markazi” so‘zlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)