Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori
Hajmi: 821.62kb
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga
nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik
sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2022 —
2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni
tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son, “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning
tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son farmonlari ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.
2024-yil 1-yanvardan boshlab A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — maktab) direktori
lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal
orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy
qilinsin.
2.
Belgilansinki:
a)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
tomonidan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan maktab
direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.
Bunda
maktab direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud
bo‘lgan va ushbu bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan
nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi;
b) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik
sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal
qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar
to‘lanadi:
maktab
direktorlariga — 50 foiz;
maktab
direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.
3.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni
menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish
tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
4.
Belgilansinki, ushbu qarorning ijrosi uchun talab etiladigan mablag‘lar
2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar
doirasida moliyalashtiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti
parametrlarida nazarda tutiladi.
5.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent
sh.,
2023-yil
25-dekabr,
681-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
25-dekabrdagi 681-son qaroriga
ILOVA

sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy
qoidalar
1.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — maktab)
direktori lavozimiga nomzodlarni (keyingi o‘rinlarda — nomzodlar) menejerlik
o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
2.
Ushbu Nizom asosida menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga maktab
direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Maktablarda
faoliyat yuritayotgan direktorlar (keyingi o‘rinlarda — direktorlar) har 5
yilda bir marotaba ushbu Nizom talablariga muvofiq menejerlik sertifikatini
olishi talab etiladi.
Bunda
menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan direktorlar olgan yildan boshlab uch yil
davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.
3.
Nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda
baholash natijasi bo‘yicha davlat namunasidagi menejerlik sertifikati elektron
raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda
beriladi.
4.
Mazkur Nizom talablari quyidagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
jismoniy,
aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari;
sanatoriy
turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;
ixtisoslashtirilgan
maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
alohida
sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktablar.
5.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
menejerlik
o‘quv kursi (keyingi o‘rinlarda — o‘quv kursi) — nomzodlarni tayyorlash uchun
tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar
tizimi;
menejerlik
sertifikati (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) — davlat maktabi direktori
lavozimida ishlash huquqini beruvchi hujjat;
maxsus
portal — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘quv kursi talablari va muddatlari haqida
hamda o‘quv kursi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar joylashtiriladigan elektron
dasturiy tizimi;
o‘quv
rejasi — o‘quv kursida o‘qitiladigan o‘quv modullari, ularga ajratilgan
soatlar, o‘qitish muddatlari va shakllari belgilab berilgan hujjat;
o‘quv
dasturi — har bir o‘quv mavzusining mazmuni, mashg‘ulot shakli, tinglovchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi
belgilab berilgan hujjat;
yakuniy
sinov — o‘quv kursi oxirida o‘tkaziladigan yakuniy nazorat, amaliy topshiriqlar
ijrosini baholash jarayoni.
2-bob. O‘quv
kurslarini tashkil etish
6.
Uquv kurslari ushbu Nizomga 1-ilovadagi
sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
7.
Uquv kurslari A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda —
Institut) tuzilmasidagi Xalq ta’limi xodimlarining bilim darajasi va kasbiy
mahoratini baholash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan tashkil
etiladi.
8.
O‘quv kurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus portalga joylashtiriladi.
9.
Nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv
kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.
Bunda
nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda maktab direktorlari uchun
belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
10.
Ta’limda menejment mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan
nomzodlar o‘quv kursida o‘qimasdan sertifikat olish bo‘yicha test sinovlarida
ishtirok etishlari mumkin.
Ta’limda
menejment ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlar uchun
sertifikat ularning arizasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.
11.
Arizalar har oyning 5-sanasiga qadar (iyul-avgust oylari bundan mustasno) qabul
qilinadi.
12.
O‘quv kurslariga jalb etilgan nomzodlar ro‘yxati ularning arizalari asosida
Institut tomonidan shakllantiriladi hamda tasdiqlanadi.
13.
Nomzodlarni o‘quv kurslarida o‘qitish hamda baholash ular bilan Institut
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
14.
Uquv kurslari 20 — 30 nafar tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil
etiladi.
Tinglovchilar
kontingenti yetarli bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan, rus tilida dars olib
boriladigan guruhlarda tinglovchilar soni, istisno tariqasida, kamida 15 nafar
etib belgilanishi mumkin.
15.
Direktorlarning o‘quv kurslarida ishtirok etishi bo‘yicha reja-taqsimoti har
yili 1-dekabrga qadar Institut tomonidan shakllantiriladi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
16.
O‘quv kurslarining o‘quv rejasi va dasturlari Institut tomonidan ishlab
chiqiladi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan
ekspertizadan o‘tkaziladi hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Bunda
tinglovchilar o‘quv dasturlari asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan
muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitiladi.
17.
O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil qilib, bir oy davomida
o‘qitiladi. Kursdagi auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga
36 soat etib belgilanadi.
18.
O‘quv mashg‘ulotlari nazariy, amaliy va maktab amaliyotidan iborat bo‘ladi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar Institutda, maktab amaliyoti esa maktab hamda
ta’lim boshqaruvini amalga oshiradigan tashkilotlarda o‘tkaziladi.
19.
Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida o‘quv kurslari ishlab chiqarishdan
ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.
20.
Nomzod quyidagi holatlarda o‘quv kursidan chetlashtiriladi:
o‘quv
intizomini va ichki tartib-qoidalarni buzganligi uchun;
o‘quv
kursidagi dars mashg‘ulotlarini uzrli (kasalligi, davlat yoki jamoat
vazifalarini bajarganligi, yaqin qarindoshining vafoti) sabablarsiz 18 soat va
undan ortiq qoldirgani uchun;
salomatligi
tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
nomzodga
nisbatan sud hukmi asosida;
vafot
etganligi sababli.
21.
O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish bo‘yicha
yakuniy sinovlarga qo‘yiladi.
3-bob. O‘quv
kurslarini moliyalashtirish
22.
O‘quv kurslarida bir nafar nomzod uchun o‘qitish xarajatlarining to‘lov miqdori
Institutning asoslangan kalkulatsiyasiga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi
vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 1-dekabrga
qadar tasdiqlanadi.
Bunda
moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va
shartlari o‘zgargan hollarda bir nafar nomzod uchun to‘lov miqdori qayta ko‘rib
chiqilishi mumkin.
23.
Tasdiqlangan o‘qitish xarajatlari uchun to‘lov miqdori nomzodlardan undiriladi
va ushbu mablag‘lar Institutning budjetdan tashqari jamg‘armasiga
yo‘naltiriladi.
Ishdan
ajralgan holda o‘quv kurslarda ishtirok etish uchun nomzodlarning o‘qishi
davrida ularning ish haqi miqdorlari saqlab qolinmaydi va safar xarajatlari
qoplab berilmaydi.
24.
Reja-taqsimotga kiritilgan direktorlarni o‘qitish xarajatlari O‘zbekiston
Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini
taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan
budjet mablag‘lari hisobidan Institutning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan
holda amalga oshiriladi.
25.
Direktorlarning o‘quv kursiga jalb etiladigan professor-o‘qituvchilarning
sonini belgilashda, Institut va Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish
milliy markazlari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri
keladigan tinglovchilar soni nisbatining cheklangan normativlari qo‘llaniladi.
26.
Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va
amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.
27.
Ishdan ajralgan holda o‘quv kurslarda ishtirok etish uchun yuborilgan
direktorlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat safari
bilan bog‘liq xarajatlar ularning asosiy ish joyidan qoplanadi.
28.
Direktorlar birinchi marta menejerlik sertifikatini olgandan so‘ng, keyingi
menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish va menejerlik sertifikatini olishda nomzod
sifatida ishtirok etadi.
Bunda
2024-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni
o‘qitish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
4-bob. Nomzodlarga
sertifikat berish uchun yakuniy sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish
29.
Nomzodlar uchun yakuniy sinovlarni o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish,
tasdiqlash, sinovlarni o‘tkazish, ularning natijalarini e’lon qilish Markaz
tomonidan amalga oshiriladi.
30.
Yakuniy sinovlarni o‘tkazish sanasi sinovlar o‘tkaziladigan kundan kamida yetti
kun oldin e’lon qilinadi.
Markaz
yakuniy sinov o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotni maxsus portal
orqali nomzodning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
31.
Agar nomzod turli sabablarga ko‘ra yakuniy sinovda ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa,
Markazga yakuniy sinov o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma yoki
elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli
sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi
hujjatni taqdim etganda) yakuniy sinovlarda qatnasha olmagan nomzod yakuniy
sinov boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni
tasdiqlovchi hujjatlarni Markazga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etishi
lozim.
Bunda
nomzodning navbatdagi yakuniy sinovga kiritilishi ta’minlanadi.
32.
Yakuniy sinov topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida jamoada ishlash va
ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga
oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalarini aniqlash
yuzasidan Institut tomonidan yetakchi olimlar va malakali mutaxassislar,
shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillarini shartnoma asosida jalb qilgan
holda ishlab chiqiladi.
Yakuniy
sinov topshiriqlari Institut tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
33.
Ishlab chiqilgan yakuniy sinov topshiriqlari asosida Markaz tomonidan yakuniy
test va keys savollari bazasi shakllantiriladi.
34.
Yakuniy sinovlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga,
texnika va yongin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda
o‘tkaziladi.
35.
Nomzodlar uchun yakuniy sinovlar ularning bevosita ishtirokida maxsus
jihozlangan xonalarda qog‘oz yoki elektron shaklda o‘tkazilishi mumkin.
36.
Yakuniy sinovlar 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat bo‘ladi.
37.
Test sinovlari uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy
topshiriqlar uchun 40 ball (jami 100 ball) beriladi.
70
ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli
topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat beriladi.
Test
sinovlari va keys topshiriqlarini bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.
Amaliy
topshiriqlar nomzod tomonidan ijodiy ish shaklida taqdim etiladi va imtihon
komissiyasi tomonidan baholanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amaliy
topshiriqlarni baholash va imtihon komissiyasini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi belgilanadi.
38.
Belgilangan ballni to‘play olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta
yakuniy sinovlarda to‘lov undirilmagan holda ishtirok etish huquqiga ega.
Ikkinchi
marta ham yakuniy sinovlarda belgilangan ballni to‘play olmagan nomzodlar qayta
o‘quv kursida o‘qiganidan so‘ng yakuniy sinovlarda ishtirok etish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Direktorlar
yakuniy sinovlarda belgilangan ballni to‘play olmagan taqdirda o‘rnatilgan
tartibda lavozimidan ozod etiladi.
39.
Nomzodlar yakuniy sinovlarni topshirishga pasport (identifikatsiya ID-kartasi)
yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida qo‘yiladi.
Pasporti
(identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjati bo‘lmagan
yoxud test sinoviga kechikkan nomzodlar test sinoviga kelmagan deb hisoblanadilar
va navbatdagi test sinovini topshirishga ruxsat etilgan nomzodlar ro‘yxatiga
o‘tkaziladi.
40.
Nomzod uzrsiz sababga ko‘ra yakuniy sinovda ishtirok etmagan bo‘lsa, u yakuniy
sinovdan o‘tmagan hisoblanadi.
41.
Yakuniy sinovlar jarayonida xolis kuzatuvchilarning ishtirok etishiga ruxsat
beriladi.
Bunda
xolis kuzatuvchilar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi tizimidagi mas’ul xodimlar, nodavlat tashkilotlar hamda
ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
42.
Yakuniy sinov boshlanishidan oldin Markazning mas’ul xodimi quyidagilarni
amalga oshirishi lozim:
nomzodlarni
sinovlarni o‘tkazish tartibi va davom etish vaqti haqida xabardor qilish;
nomzodlar
tomonidan aloqa vositalarini o‘chirishlari va topshirishlarini ta’minlash;
sinov
jarayonida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni o‘z ixtiyorlari bilan
topshirishlarini taklif etish;
sinov
o‘tkazilayotgan to‘liq vaqt davomida belgilangan tartiblarga qat’iy rioya
qilinishini ta’minlash;
sinovni
o‘tkazish tartibini buzgan nomzodlarni tegishli dalolatnoma tuzgan holda
sinovdan chetlashtirish.
43.
Yakuniy sinov vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, ma’lumot va maxsus
adabiyotdan foydalanish, so‘zlashish, o‘zaro axborot almashish, aloqa
vositalardan foydalanish, sinov materiallari yoki ularning mazmuniga oid
bo‘lgan ma’lumotlarni olib chiqish taqiqlanadi.
Mazkur
talablarni buzgan nomzodlar sinovni topshirmagan deb hisoblanadilar va ularning
ko‘rsatgan natijalari baholanmaydi.
44.
Yakuniy sinovni o‘tkazish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi. Videoyozuv
Markazda olti oy davomida saqlanadi.
45.
Nomzodlarning yakuniy sinov natijalari sinovlar o‘tkazilgan kuni maxsus portal
orqali e’lon qilinadi.
46.
Sertifikat 5 yil davomida amal qiladi. Nomzodlar sertifikatning amal qilish
muddati davomida amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida qayta menejerlik
sertifikatini olish bo‘yicha yakuniy sinovlarda ishtirok etishlari mumkin.
47.
Markaz menejerlik sertifikatlarining elektron hisobini yuritish yuzasidan
javobgar hisoblanadi.
5-bob. Yakuniy
sinov natijalari yuzasidan apellatsiya berish
48.
Yakuniy sinov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar natijalar e’lon qilingan
vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma yoki
elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
49.
Apellatsiya komissiyasi yakuniy sinov boshlangandan keyin ikki kun ichida
Institut rektorining buyrug‘i asosida 5 yoki 7 nafardan iborat tarkibda
tuziladi.
50.
Apellatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellatsiya komissiyasini
tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi.
Apellatsiya
komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda ko‘rib chiqish
muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus portalga joylashtiriladi.
51.
Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingandan so‘ng ikki hafta mobaynida yozma ravishda
apellatsiya natijasi ariza (shikoyat) beruvchiga xabardor qilinadi.
52.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga yakuniy sinov jarayonlarini o‘tkazishda
ishtirok etgan shaxslar kiritilmaydi.
53.
Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida
jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
54.
Apellatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi
ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
55.
Apellatsiya komissiyasi tomonidan nomzodning murojaati ko‘rib chiqilgandan
so‘ng xulosalash jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda
ishtirok etishi mumkin.
56.
Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyasi quyidagi
qarorlardan birini qabul qiladi:
to‘plangan
ballarni o‘zgarishsiz qoldirish;
to‘plangan
ballarni o‘zgartirish;
yakuniy
sinovni qayta o‘tkazish.
57.
Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi ariza (shikoyat) beruvchiga apellatsiya
komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran uch kun muddatda taqdim etiladi.
58.
Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nomzodlar
apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
6-bob.
Sertifikatni berish tartibi
59.
Yakuniy sinovda ijobiy natijaga erishgan nomzodga yakuniy sinov natijalari
e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Institut rektorining buyrug‘i
asosida mazkur Nizomga 2-ilovaga
muvofiq shaklda sertifikat beriladi.
Nomzod
sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
60.
Sertifikatlar reyestri Markaz tomonidan yuritiladi.
Sertifikatlar
reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
nomzodning
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Institutning
sertifikat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ining sanasi va tartib raqami;
hisobga
olish seriyasi va tartib raqami;
berilgan
sanasi;
amal
qilish muddati.
61.
Sertifikatning haqiqiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus portal orqali
tekshirish imkoniyati yaratiladi.
7-bob. Yakunlovchi
qoidalar
62.
Institut tomonidan ariza beruvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar
maxfiyligi ta’minlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat bo‘lgan taqdirda, ariza
beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
63.
Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.
64.
Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik
hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga
menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
O‘quv kurslarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
1-b�sqich |
1. Nomzodlar |
1. Menejerlik o‘quv kurslarida
o‘qish uchun Markazning maxsus portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi. |
Doimiy |
|||
2. A. Avloniy nomidagi
milliy-tadqiqot instituti tuzilmasidagi Xalq ta’limi xodimlarining bilim
darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi |
2. Menejerlik o‘quv kurslarida
o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan shartnomalar tuzadi. |
Har oyning 5-sanasiga qadar |
||||
2-bosqich |
A. Avloniy nomidagi

1. Shakllantirilgan ro‘yxat
asosida nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvalini
tasdiqlaydi va e’lon qiladi. |
Har o‘quv kursi boshida |
|||
2. Nomzodlar uchun menejerlik
o‘quv kurslarini tashkil etadi. |
Har oy davomida |
|||||
3. Nomzodlarni tasdiqlangan
dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish,
boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitadi. |
Har o‘quv kursi davomida |
|||||
4. Menejerlik o‘quv kurslari
uchun yakuniy sinovni o‘tkazish jadvallarini tasdiqlaydi va muvaffaqiyatli
ishtirok etgan nomzodlarni yakuniy sinovlarga yo‘naltiradi. |
O‘quv jarayoni yakunida |
|||||
3-bosqich |

1. Kurs yakuni bo‘yicha yakuniy
sinovni o‘tkazadi. |
Har o‘quv kursi yakunida |
|||
2. Yakuniy sinov natijalari
yuzasidan nomzodlarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. |
||||||
3. Sinov natijalariga ko‘ra
menejerlik o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga elektron
raqamli imzo bilan tasdiqlangan QR-kod qo‘yilgan menejerlik sertifikatini
beradi. |

2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
direktori lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik sertifikatining davlat
namunasi |
|||||||||||||||||||
O‘zbekiston Respublikasi Davlat
gerbining tasviri |
|||||||||||||||||||
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY
O‘RTA TA’LIM MUASSASASI DIREKTORI LAVOZIMIGA NOMZODLAR UCHUN |
|||||||||||||||||||
SERTIFIKAT |
|||||||||||||||||||
sertifikat raqami |
|||||||||||||||||||
Familiyasi,
Ismi, Otasining ismi |
|||||||||||||||||||
__________________________________________________________________________________________________________ |
|||||||||||||||||||
____ yil __________ dan ____ yil
__________ gacha |
|||||||||||||||||||
A. Avloniy nomidagi pedagoglarni
kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot
institutida |
|||||||||||||||||||
jami _____ soat |
|||||||||||||||||||
“UMUMIY O‘RTATA’LIM MUASSASASI
DIREKTORI LAVOZIMIGA NOMZODLARNI MENEJERLIKKA TAYYORLASH” |
|||||||||||||||||||
kursini muvaffaqiyatli yakunladi |
|||||||||||||||||||
Rektor |
|||||||||||||||||||
umumiy ball |
|||||||||||||||||||
Berilgan sana |
Amal qilish muddati |
||||||||||||||||||
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 09/23/681/0964-son)