Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 9-oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–217-son Farmonni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida rasman Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi joriy etildi. Shuningdek, ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 12 ta shtat birligidan iborat kotibiyat tashkil qilinadi.
Ushbu shtatlarning 5 tasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan, qolgan 7 tasi esa qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vazirining funksional vazifalari hamda yangi kotibiyat to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilishi kerak.
Farmonga ko‘ra, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga quyidagi tashkilotlar biriktiriladi:
- Ta’lim va ilm-fan vazirligi;
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi;
- Kasbiy ta’lim agentligi;
- Innovatsion rivojlanish agentligi;
- Bilim va malakalarni baholash agentligi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi;
- Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi;
- Klinik audit inspeksiyasi;
- Ichki ishlar vazirligi — ta’lim muassasalarida, o‘quvchi va talabalar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha;
- Yoshlar ishlari agentligi — ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha;
- Fanlar akademiyasi;
- Vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar — ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.
O‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar
- Davlat xavfsizlik xizmati — mahallalarda o‘quvchi va talabalar bilan ishlashni samarali muvofiqlashtirish, ularning zararli oqimlar va guruhlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, diniy aqidaparastlik va ekstremizm xatarlaridan himoya qilish bo‘yicha;
- Milliy gvardiya — o‘quvchi va talabalarda vatanparvarlik hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Bugun, 28-oktabr kuni poytaxtdagi “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo: taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi xalqaro forum ish boshladi.
Yangiliklar
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligida hududiy rahbarlar va boshqa mas’ul lavozimlardagi kadrlar faoliyati tahlil qilinadi.
Ta'lim siyosati
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi. Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yagona davlat siyosati yuritiladi.
Ta'lim siyosati
Ta’lim va ilm-fan vazirligining tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi?
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ayrim takliflar tayyorlangan. Unga ko‘ra, yangi vazirlik tizimida besh nafar vazir o‘rinbosari, ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi bir nechta departamentlar hamda hududiy boshqarmalar bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang