"Qo‘qon tajribasi" asosida butun respublika bo‘ylab seminar tashkil etish rejalashtirilmoqda
Maktabgacha va maktab vazirligi yangi o‘quv yili oldidan maktab rahbarlari faoliyatini jonlantirish maqsadida Farg‘onada 5 kunlik seminar tashkil qildi. Bundan avvalgi seminar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil qilingandi.
Seminar ta’lim tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar mavzusiga bag‘ishlandi.
Mazkur seminar dastlab Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida, keyin esa Marg‘ilon shahrida tashkillandi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari, Xalq qabulxonasi mudiri Ulug‘bek Muhammadiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar qatnashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik bu kabi seminarlarni “Qo‘qon tajribasi” asosida butun respublika bo‘ylab tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Mavzuga doir yangiliklar
30-avgustga qadar barcha hududlarda "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tadi
"Avgust kengashi" deya nomlangan tadbirlar "Ustozlar milliy forumi" sifatida davom etyapti
Yangiliklar
“Ma’naviyatchilar” uchun seminarlar davom etyapti
Seminar doirasida uslubiy qo‘llanmalar ham tarqatilmoqda.
Yangiliklar
Vazirlik “ma’naviyatchilar” uchun seminar o‘tkazdi
Unda 250 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi
Yangiliklar
Pedagoglar uchun navbatdagi seminar-trening
“Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining o‘quv-metodik kengashi maqsadi va asosiy vazifalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang