Top.Mail.Ru
Vazir ustamasiga da’vogar bo‘lgan pedagoglar ro‘yxatini kimlar vazirlikka taqdim etadi?

Vazir ustamasiga da’vogar bo‘lgan pedagoglar ro‘yxatini kimlar vazirlikka taqdim etadi?

10:08 / 09.01.2025 3.72k

Savol

Assalomu alaykum. Oqituvchiman, yutuqlarim esa juda ham kop. Vazir ustamasiga davogarlik qilmoqchiman. Lekin mening nomzodimni kimlar vazirlikka berishini aniq bilmayapman.


Javob
Vazir jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.


2025-yilda esa vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 500 nafar etib belgilandi.


Bunda Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo‘lingach, ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.


Ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.


Ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?


  • Kengash raisi — hokimlar;


  • Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari.


Asosan shu ikki mas’ul vazir ustamasiga da’vogar bo‘lgan nomzodlar masalasini kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqib, hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas’uldan tashqari yana 20 nafar mas’ul shaxslar mavjud.


Ular orasida esa prokuror, adliya boshqarmasi boshliqlari, bandlik boshqarmasi boshliqlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham mavjud.


Aynan shu tarkibdan iborat hududiy kengashlar nomzodlar ro‘yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilganidan so‘ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.


Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlarga vazir jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash bo‘yicha vazirlik buyrug‘i chiqariladi.

Vazir ustamasini olish shartlari qanday?

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • vazir jamg'armasi

Ulashish