Endilikda har oyda o‘qituvchilarga xorijga sayohat yo‘llanmasi beriladi
Unitur hamda “Profi” ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Xatamov har oyda bir nafar o‘qituvchiga xorijga sayohat qilishi uchun yo‘llanma berilishini ma’lum qildi.
“Ota-onam o‘qituvchi bo‘lishgani uchun va o‘zim ham ta’lim sohasida ancha yillardan beri faoliyat yuritayotganim uchun o‘qituvchilikning mehnatini juda yaxshi anglab yetganman.
Tinimsiz mehnat, asosiy ishdan tashqari ishlarni bajarish, ota-onalar bilan ishdan keyin ham muloqot qilish, har bir bolaning ko‘ngliga yo‘l topa olish, yana hammasidan orttirib o‘z farzandingga ta’lim tarbiya berish juda mashaqqatli ish.
Men buni o‘z tanamda his qilganman, bolaligimda biz uchun biror chet elga borib dam olish ushalmas orzuday tuyular edi. Bugun esa istalgan paytda sayohat qilishga imkoniyatim bor va buning ustiga xabaringiz bor, yaqinda tur kompaniya ham ochdik, borgan sari mijozlar oqimi ortib bormoqda va bu bizni juda xursand qiladi va yanada kattaroq mas’uliyat yuklaydi.
Shunday imkoniyatdan foydalanib, har oyda bir marta bir o‘qituvchiga ma’lum bir davlatga sayohat yo‘llanmasi sovg‘a qilishga qaror qildik.
Men o‘zi biror tur kompaniyani qandaydir foyda qilishdan ham oldin ko‘proq insonlarni sayohat qilish “kasalligiga” mubtalo qilish uchun ochganman. Yana ham aniqrog‘i, agar o‘qituvchilar dam olsa, yana ham maza qilib yuboraman.
Chunki o‘qituvchining dam olishi jamiyat farzandlarining yanada yaxshiroq bilim olishi uchun eng yaxshi sabab deb hisoblayman”, deydi Bektosh Xatamov.
Xo‘sh, sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun nima qilish kerak?
- O‘zbekiston ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lishingiz;
- Unitur kompaniyasining Telegram hamda Instagram'dagi sahifalarini kuzatib borishingiz va tarmoqda faol bo‘lishingizning o‘zi yetarli.
Bunda har oy Unitur kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xorijga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘qituvchining ismi, familiyasi e’lon qilib boriladi.
Bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqida eshitgandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
Yangiliklar
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat rahbari tomonidan o‘qituvchilar bayrami kuni oldidan e’lon qilingan imtiyozlar nega haligacha joriy qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.
Bilasizmi?
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliygoh tanlash bo'yicha tavsiyalar
O'zbek
Izohingizni tahrirlang