Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?

Savol
Attestatsiyaga kirib, test yechayotganimda kompyuter qotib, platforma ishlamay qoldi. Kompyuterda qotish bo‘lganidan so‘ng men belgilagan javoblarning o‘rni ham almashib ketibdi. Xullas, hammasi rasvo bo‘ldi.
Tashkilotchi va mas’ullarga endi nima qilaman deb so‘rasam, natijangiz shu, shikoyat qilishga haqqingiz yo‘q deb, urishib berishdi. Bu vaziyatda o‘qituvchi nima qilishi kerak? Axir ayb menda emas, ularning o‘zida edi-ku.
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 4-bobida apellyatsiya berish tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari kerak bo‘ladi.
Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilganda esa malaka toifasi sertifikatlari shakllantirilgunga qadar ko‘rib chiqiladi.
Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi ham mumkin.
Ariza ko‘rib chiqilgach, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etishi lozim bo‘ladi.
Masalan, 2024-yil 15-16-aprel kuni Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida ham pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yilning 22-may kuni aynan shu fandan qayta attestatsiya o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Shu sababli, agar test jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan muammolar kuzatilgan bo‘lsa, pedagog xodimlar darhol apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron ravishda ariza (shikoyat) berishlari kerak.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi
Bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.

Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olsa bo‘ladimi?
Bunda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi, ammo...

“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX
Pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘ldi.

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Xalqtaliminfo.uz bu masalaga aniqlik kiritish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev bilan bog‘landi.
Izohingizni tahrirlang