Sud Ta’lim vazirligini yopishga ruxsat berdi — AQSh

AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatining Ta’lim vazirligini tugatish borasidagi harakatlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda ABC News nashriga tayanib, Qalampir.uz xabar berdi.
Bungacha Massachusets shtati federal sudyasi Tramp ma’muriyatiga vazirlikni yopish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yishni taqiqlagandi. Biroq endi Oliy sud bu taqiqni rad etdi.
Nashrning yozishicha, ushbu qaror Tramp ma’muriyatiga Ta’lim vazirligidagi ommaviy ishdan bo‘shatishlarni davom ettirish imkonini beradi. Bu ishdan bo‘shatishlar oqibatida vazirlik shtati deyarli yarmiga kamaygan.
Ta’lim vaziri Linda Makmaxon ushbu qarorni sharhlar ekan, idora xodimlari soni qisqartirilishini va “ta’limni shtatlar ixtiyoriga qaytarish yo‘lidagi ish davom ettirilishini” aytgan.
“Bugun Oliy sud yana bir bor shuni tasdiqladiki: AQSH Prezidenti ijro hokimiyatining rahbari sifatida federal idoralarning shtat tarkibi, tashkiliy tuzilmasi va kundalik faoliyati yuzasidan qarorlar qabul qilishda eng yuqori vakolatlarga ega”, dedi Makmaxon.
Shuningdek, u bu qarorni “g‘alaba” deb atab, Oliy sudning bunga aralashishga majbur bo‘lgani “achinarli” ekani, chunki bu Trampga uni Prezidentlikka saylagan amerikaliklar oldidagi va’dalarini bajarishga imkon beruvchi islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilganini aytgan.
Biroq AQSH Milliy ota-onalar ittifoqi rahbari Keri Rodriges Oliy sud qarorini keskin tanqid qilgan.
“Oliy sud siyosatni Konstitutsiyadan ustun qo‘ydi va natijada millionlab amerikalik talabalarning kelajagini xavf ostiga qo‘ydi. Bu qaror Prezident Trampning hech qanday Kongress roziligisiz AQSH Ta’lim vazirligini bekor qilishga urinayotgan sharmandali va noqonuniy harakatlariga yo‘l ochadi”, deydi Rodriges.
Nashrga ko‘ra, Oliy sud qarori Trampning federal hukumatni isloh qilish yo‘lidagi navbatdagi, garchi vaqtinchalik bo‘lsa-da, yutug‘i hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Tanaffus” podkastining 15-sonida tadbirkor, “Profi” ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Xatamov O‘zbekistonda ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “rayono”, “gorono” va “oblono” kabi tashkilotlarni butunlay tugatib, maktablarni qanday qilib boshqarish mumkinligini aytgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topildi

Maktablarda aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi
Mavzuga doir yangiliklar

AQShda ta’lim vazirligi butunlay tugatilishi mumkin
Prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida mamlakatdagi ta’lim va AQSh ta’lim vazirligini dunyodagi eng yomon, deya ta’rifladi.

Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?
Vazifalari sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.

Maktabdagi “zavuch” lavozimi tugatilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda shunday xabarlar tarqaldi

CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Izohingizni tahrirlang