Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi

22:28 / 13.09.2025 33

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan barcha xodimlarni, shu jumladan, rahbar, texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ushbu bayram munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.


Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 29-bandiga asosan umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr  — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.


Vazirlik xodimlarni mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg‘armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanishini alohida eslatgan.


Shunga ko‘ra tashkilotda ishlayotgan barcha xodimlarga, shu jumladan, rahbar, texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ushbu bayram munosabati bilan mavjud mablag‘lar doirasida mukofotlash (har oylik belgilangan ustama miqdorini inobatga olgan holda) choralarini ko‘rish so‘ralgan.


Endilikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari ushbu mukofotlarni joylarda to‘lanishini nazoratga olishi kerak bo‘ladi.


Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mukofot puli

Ulashish