O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan barcha xodimlarni, shu jumladan, rahbar, texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ushbu bayram munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 29-bandiga asosan umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.
Vazirlik xodimlarni mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg‘armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanishini alohida eslatgan.
Shunga ko‘ra tashkilotda ishlayotgan barcha xodimlarga, shu jumladan, rahbar, texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ushbu bayram munosabati bilan mavjud mablag‘lar doirasida mukofotlash (har oylik belgilangan ustama miqdorini inobatga olgan holda) choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Endilikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari ushbu mukofotlarni joylarda to‘lanishini nazoratga olishi kerak bo‘ladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Prezident 100 nafarga yaqin pedagog va murabbiylarni mukofotladi

Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlandi

E’zoza Karimovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Maktablarda bo‘lar-bo‘lmas tadbirlar o‘tkazishga chek qo‘yiladi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 635 ming 500 so‘m emas, balki 953 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 577 ming 500 so‘m emas, balki 866 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Pedagoglarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?
525 ming yoki 577 ming 500 so‘m?

Maktabdagi 100 foiz o‘qituvchilarga mukofot puli bersa bo‘ladimi?
Pedagoglarni mukofotlash Ishchi guruh qarori asosida amalga oshiriladi
Izohingizni tahrirlang