Oktyabrdan 0.5, 1, 1,5 stavkadagi direktor o‘rinbosari shtat birligi qisqaradimi?
Savol
Bizning maktabda 2,5 stavka ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtati bor. Oktyabr oyidan maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinsa, faqat 0,5 stavkadagi direktor o‘rinbosari shtati qisqaradimi yoki maktabda faqat 1 stavka qoldirilib, qolgan 1,5 stavkada ishlayotgan direktor o‘rinbosari shtati ham qisqarib ketadimi?
Javob
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimini har bir umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga bo‘shaydigan 3 400 ta shtat birliklari hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ya’ni, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktablarda faqat 1 stavkada ishlaydigan o‘rinbosarlar qoladi. Bunda respublikadagi barcha ta’lim muassasalaridagi 1 stavkadan ortiq bo‘lgan (0.5, 1, 1,5 stavkadagilar ham) barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtat birligi maqbullashtiriladi.
Endilikda, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktablarda sinflar komplektlar soni ortib borgan taqdirda ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtat birligi ajratilmaydi.
Izohlar 9
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun e’tirof
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Psixolog, kutubxonachi va laborant lavozimlari qisqartirildi
Yangiliklar
Homilador pedagogni shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatish — jinoyat
Homilador ayolga shtatlar qisqarishi munosabati bilan ogohlantirish xati berilgan. Bu holat 2025-yil 1-oktyabrdan maktab maslahatchisi lavozimining joriy etilishi munosabati bilan, direktor o‘rinbosarlarining shtati maqbullashtirilishi ortidan sodir bo‘lgan.
So'ragan edingiz
Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Avvalroq har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi haqida xabar bergandik. Ushbu lavozimni joriy etish haqidagi prezident farmoni imzolandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang