Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda
                    Joriy yil 14-oktyabrdan maktab o‘quvchilari uchun asosiy fan olimpiadasining ikkinchi - tuman (shahar) bosqichiga start berilgandi.
Olimpiadaning mazkur bosqichi 14-oktyabrdan 23-oktyabrgacha o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, kecha, 14-oktyabr kuni matematika fanidan 3 smenada olimpiada o‘tkazilgan.
Ammo, olimpiada ishtirokchilari uchun tuzilgan test savollari ertalab soat 7.00 da ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan. Ayrim pedagoglarning aytishicha, mazkur test savollari 14-oktyabr kuni ertalab 800 ming so‘mdan sotilgan. Kunning ikkinchi yarmida esa test savollari narxi 200 ming so‘mgacha pastlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, matematika fanidan 10-sinflar uchun tuzilgan test savollari an’anaviy ravishda olimpiada jarayoni yakunlangach, soat 15:58 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazining rasmiy Telegram sahifasida e’lon qilingan.
Shundan so‘ng, pedagoglar mazkur testlarni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan testlar bilan solishtirib ko‘rib, ular aynan bir xil test savolliklari ekanligiga guvoh bo‘lishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Fan olimpiadalari markaziga videomurojaat yo‘llagan pedagoglardan biri Yoqubjon Rajabov shaffoflik ta’minlanmasa, qaytib olimpiada o‘tkazmaslik kerak, deya o‘z e’tirozlarini bildirgan hamda test savolliklari rostdan ham olimpiada jarayoni boshlanmasidan oldin tarqalib ketganligini isbotlashga harakat qilgan.
“Soat 11:14 da [savollar] bizning guruhga yetib kelyapti: “Shuni kalitini qilaylik, guruhga chiqibdi, 10-sinf ekan”, degan. Lekin savollarga qarasangizlar, soat 7:00 da skrinshot qilingan. 7:00 da xuddi o‘sha 10-sinflarning savollari allaqachon kimlarningdir qo‘liga yetib borib, skrinshot qilib tarqatilgan.
– “Ertalab 800 mingdan sotilgan ekan savollar, endi 200 mingga tushibdi.
– Olimpiada har doim shunday bo‘ladi.
– Kimlar tarqatgan javoblarni?
– Tuzganlar tarqatgan.
– Shuning uchun ham ikki yil bo‘ldi, o‘quvchi tayyorlamayman.
Shuni tushuntirib bera oladigan odam bormi? O‘quvchilarda ta’limga nisbatan, mana bu olimpiadaga nisbatan ishonch yo‘qolmaydimi? Agar mard bo‘lsanglar, tan olinglar-da, shu olimpiada natijalarini bekor qilib, boshqa olimpiada o‘tkazinglar.
Agar qo‘llaringizdan kelmasa, iltimos, bizni ham, o‘quvchilarni ham ovora qilmanglar. O‘sha tanishi, bilishi, puli borlarga o‘rinlarni berib qo‘yaveringlar”, degan videomurojaat yo‘llagan pedagog.
Fan olimpiadasi testlari sotilayotganligi haqida “Iqtidorlar maktabi” nomli Telegram kanalida ham post yozib qoldirilgan. Unda aytilishicha, test savolliklari 200 ming so‘mdan sotilgan.
“Bugun tuman olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. 200 ming so‘mga test savollari sotilib ketganini eshityapmiz. Bugun qaysidir o‘quvchilar 200 ming evaziga viloyatga yo‘llanma oladi. Juda achinarli holat. Har yili shu narsani oldini olish uchun qandaydir harakatlar qilinadi. Lekin guruch kurmaksiz bo‘lmaydi”, - deyiladi yozib qoldirilgan postda.
Hozircha Fan olimpiadalari markazi olimpiada jarayonida shaffoflik va adolat tamoyillari buzilib, test savolliklari tarqalgani haqida rasmiy bayonot bermadi.
Ammo, Markaz olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning @Murojaat_FOM_bot'ga yoki +998 71 207 05 24 telefon raqamiga murojaat qilish mumkinligini qayta-qayta eslatib, murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, ularning natijalariga ko‘ra adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rilishini eslatib o‘tgan.
O‘ylaymizki, Fan olimpiadalari markazi tezkorlik bilan mazkur vaziyatni batafsil o‘rganib chiqadi va holat o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda 14-oktyabr kuni matematika fanidan o‘tkazilgan barcha tuman (shahar)lardagi natijalarni bekor qilib, qayta olimpiada o‘tkazish choralarini ko‘radi.
Izohlar 10
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
                        
                    
                    
                    Yangiliklar
                                Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
                                “Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
                                Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
                                Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Mavzuga doir yangiliklar
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                O‘quvchilar o‘rtasida Alisher Navoiy olimpiadasi o‘tkazilib, g‘oliblar grand asosida o‘qishga qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, test savollari tarqalishiga sababchi shaxslar aniqlanayotganligi hamda ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi
O‘zbekiston IBOga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborildi.
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
                
                
                
            
                
                                O'zbek 
                                                                                                                                                                                
                                
                                
                                
                        
                                    
Izohingizni tahrirlang