Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi?
Savol
Men maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. Hozirda sirtqi ta’limda 2-kurs talabasiman. Maktab “zavuchimiz” 1 oylik malaka oshirishga borasiz, deyapti.
Shu talab to‘g‘rimi, o‘qishni bitirgandan keyin bormaymanmi, malaka oshirishga? Shu savolimga javob kerak edi, qonunmi, buyruqmi bormi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog xodimlar uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinishi belgilangan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 43-bandiga ko‘ra, ta’lim muassasalarida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodim tegishli muddatlarda malaka oshirish kurslariga jalb qilinishi shart.
Bunda har yili 30-oktyabrgacha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tizimdagi barcha ta’lim muassasalari xodimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmalari kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari kesimida umumlashtirib boriladi.
Yuqoridagi savolda pedagog xodim sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba ekanligini ham ko‘rsatib o‘tgan.
Ma’lumki, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov tomonidan berilgan javobda oliy ta’lim o‘quv dasturini tugatmagan talabalar malaka oshirishga jalb qilinmasligi aytib o‘tilgan.
Ya’ni, talaba sifatida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarni malaka oshirishga jalb qilinishi rejalashtirmagan.
Ammo, ushbu vaziyatda savol yo‘llagan murojaatchining asosiy ishi pedagogik faoliyat hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu xodimga birinchi navbatda talaba emas, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida qaraladi.
Shuningdek, u ta’lim muassasalarida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog hisoblanadi. Shu sababli, bu toifadagi pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinishi to‘g‘ri, deb hisoblaymiz.
Eslatib o‘tamiz, pedagog xodim belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
Bunda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosi sifatida ko‘rsatiladi.
Ushbu xodim o‘z pedagogik faoliyatini davlat maktabida davom ettirishi uchun kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.
Saytda e’lon qilingan materiallardan foydalanilganda manba ko‘rsatilishi shart.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
Yangiliklar
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Senatorlar mazkur sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, vazirlik mas’ullarini so‘roqqa tutdi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha prezident topshirig‘i nega to‘liq bajarilmadi?
Prezident topshirig‘iga asosan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan, jami 1000 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari xorijga malaka oshirishga yuborilishi lozim edi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang