Maktabda ishlayotgan talabalar malaka oshirishga chiqishi kerakmi?

Savol
Men maktabda ishlayman va hozirda oliygoh talabasiman. “Zavuch” malaka oshirishga borasiz deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi? O‘qishni bitirgandan keyin bormaymanmi, malaka oshirishga?
Javob
Malaka oshirishning asosiy maqsadi — xodimlarning malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.
Oliygohlarda tahsil olib, bir vaqtning o‘zida maktabda ishlab kelayotgan talabalar o‘zi shundoq ham nazariy va amaliy bilimlarini o‘qish mobaynida yangilab borishadi. Shu sababli, ular malaka oshirishga jalb qilinmasligi kerak, aslida.
Hozirgi kunda pedagog xodimlarning malakasini oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Ammo mazkur nizomda talabalarni malaka oshirishga jalb qilish masalasiga oydinlik kiritilmagan. Shu sababli, ushbu savolni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov tomonidan berilgan javob asosida izohlashimiz mumkin.
Umuman malaka oshirish shakli va tamoyiliga e’tibor beradigan bo‘lsak, malaka oshirish tizimiga oliy ta’limdan keyingi tizim deb qaraladi.
Talabalar esa hali oliy ta’lim tizimidagi shaxslar hisoblanadi, ya’ni ular hali oliy ta’limni tamomlamagan. To‘g‘ri, ularga me’yoriy hujjatlar asosida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan.
Lekin tan olishimiz kerakki, ular hali oliy ta’limning o‘zidagi o‘quv dasturlarini tugatishmagan. Shu sababli, oliy ta’lim o‘quv dasturini tugatmagan talabalarni malaka oshirishga jalb qilishdan hech qanday ma’no bo‘lmasligi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda biz, talaba sifatida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarni malaka oshirishga jalb qilishni rejalashtirmaganmiz.
Demak, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailovning bergan javobidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, maktabda ishlayotgan talabalarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish noto‘g‘ri amaliyot hisoblanadi.
Abduvali Ismailovning bergan javobi bilan bu yerda tanishing.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimligi viloyatdagi pedagoglarni Yaponiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan.

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.

Ba’zi talabalarga maktabda dars berish mumkin emasmi?
Talaba “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida o‘qisa, u qarorda nazarda tutilgan “pedagogika yo‘nalishi” talabasi hisoblanmaydi.

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Izohingizni tahrirlang