Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi, buning uchun qanday transport vositalaridan foydalanayotgani hamda maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjud yoki mavjud emasligi holati o‘rganilmoqda. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar berdi.
Mazkur so‘rovnoma Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan Toshkent shahrida maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganish, ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va zaruratdan kelib chiqib ushbu tizimni joriy etish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ota-onalardan farzandining yashash joyi, o‘qiydigan maktabi va sinfi, maktabga chiqish vaqti hamda maktabga yetib borishda foydalanadigan transport turi haqida ma’lumot berish so‘ralmoqda. Shuningdek, farzand uchun maktab avtobusidan foydalanishga ehtiyoj bor-yo‘qligi ham aniqlanadi.
Agar oilada bir nechta maktab o‘quvchisi bo‘lsa, har bir farzand haqidagi ma’lumotlar alohida kiritiladi.
So‘rovnoma davomida shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilmaydi. Unda to‘planadigan ma’lumotlardan faqat umumiy tahlil o‘tkazish va Toshkent shahrida maktab avtobuslari tizimini joriy etish zarurati hamda imkoniyatlarini baholash uchun foydalaniladi.
So‘rovnoma natijalaridan o‘quvchilarning maktabga qatnashida mavjud transport muammolarini aniqlash, qaysi hududlarda maktab avtobuslariga ehtiyoj yuqoriligini baholashda foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining 12-avgustdagi sessiyasida poytaxtda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilingandi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi
Biroq shahar maktablariga o‘quvchilarning nafaqat poytaxtning turli tumanlari, balki viloyatdan ham kelishi loyihani amalga oshirishni qiyinlashtiradi.
Yangiliklar
Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining olis hududlaridagi maktablarga o‘quvchilarni tashish uchun maxsus maktab avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang