Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining olis hududlaridagi maktablarga o‘quvchilarni tashish uchun maxsus maktab avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan Samarqand viloyatining olis hududlarida (qariyb 300 km uzoqlikda) joylashgan maktablariga 17 ta “Maktab avtobuslari” xarid qilingan.
Mazkur avtobuslar Qo‘shrabot tumanidagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga maktablariga oson va xavfsiz yetib borish imkonini beradi. Avtobus o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘l belgilari, kuzatuv kameralari, tibbiyot qutisi bilan jihozlangan.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan avtobuslar uchun haydovchilarga oylik ish haqi to‘lash, yoqilg‘i bilan ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham inobatga olingan.
Ma’lumki, 2025-yil 3-choragidan boshlab 100 ta maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Davlat dasturi asosida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining olis va chekka hududlaridagi 100 ta maktab uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Maktab kutubxonalari rivojlantiriladi, direktor o‘rinbosarlari mahalla kutubxonalariga mas’ul bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi, buning uchun qanday transport vositalaridan foydalanayotgani hamda maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjud yoki mavjud emasligi o‘rganilmoqda.
Yangiliklar
Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi
Biroq shahar maktablariga o‘quvchilarning nafaqat poytaxtning turli tumanlari, balki viloyatdan ham kelishi loyihani amalga oshirishni qiyinlashtiradi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang