Kimlar yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi ekanligi aniq bo‘ldi
Kecha, 22-oktabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev, mas’ullar va pedagoglar qatnashdi va yakuniy natijalar e’lon qilindi.
Bunda, o‘zbek tili yo‘nalishida:
1-o‘rinni — Namangan viloyati Uychi tumani 6-maktab o‘qituvchisi Abdulazizova Adibaxon;
2-o‘rinni — Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani, 5-maktab o‘qituvchisi Murodullayeva Xurshidaxon;
3-o‘rinni — Samarqand viloyati, Samarqand shahar 81-maktab Altibayeva Shaxnoza qo‘lga kiritdi.
Ona tili yo‘nalishida:
1-o‘rinni — Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani, 37-maktab o‘qituvchisi O‘ktamov Nuriddin;
2-o‘rinni — Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, 32-maktab o‘qituvchisi Xo‘jayeva Feruza;
2-o‘rinni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 47-maktab o‘qituvchisi Yusupova Iqdol egalladi.
Ma’lumot o‘rnida: respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin g‘oliblari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” 1 darajali diplom va 20 mln. so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin g‘oliblari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplom, monoblok;
3-o‘rin g‘oliblari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplom, noutbuk bilan taqdirlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Prezident 100 nafarga yaqin pedagog va murabbiylarni mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlar mukofotlandi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi — BYD avtomobili berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Billura Ikromova hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Nabiyeva faoliyati bilan tanishdi.
Yangiliklar
O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ikkita fandan ham oliy toifa oldi
U Davlat va huquq asoslari fanidan ham Tarbiya fanidan ham oliy malaka toifasini oldi.
Yangiliklar
O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi
Chust tumanidagi 11-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Rahmonov avtomobil prototiplarini yaratish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang