Top.Mail.Ru
15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ham malaka toifasi olishi mumkinmi?

15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ham malaka toifasi olishi mumkinmi?

09:50 / 11.01.2024 848
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etildi.

Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi.

Yani, CHQBT fani o‘qituvchilari ham yanvar-iyun oylarida otkaziladigan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Faqat ular attestatsiyada ishtirok etishi uchun malaka oshirishdan otgan bolishi shart.

ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi. 

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisi

Ulashish